Telefon: +998 66 666-56-30

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni muborak bo’lsin

Axborotdagi tezkorlik, tahlillardagi xolislik, chuqur mushohada qilish kabi masʼuliyatli kasb egalari bu matbuotchilardir. Har kuni mana shunday sharafli vazifani bajarib kelayotgan soha xodimlari borki, ularsiz jamiyatni tasavvur qilish qiyin. Shubhasiz bu ommaviy axborot vositalari xodimlaridir!

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalarining fidoyilari! Sizlarni shaxsan oʻzim hamda Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining barcha xodimlari nomidan 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman. Hayot haqiqatlarini, atrofimizda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalarni va albatta, amalga oshirilayotgan ishlarimizdagi yutuq hamda kamchiliklarimizni roʻyi-rost koʻrsatib berayotganingiz uchun sizlardan minnatdormiz.

Hurmatli jurnalistlar, Sizlarni yana bir bor qutlugʻ va sharafli kasb bayramingiz — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklayman. Barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilayman.

Hurmat bilan
X.T.Yuldoshev

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti direktori

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan