Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Veterinariya va chorvachilik sohalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida IV-respublika o‘quv-uslubiy seminari hamda 2024/2025-o‘quv yilida Universitet bitiruvchilarini ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida “Karyera kuni” tashkil etildi.
Ushbu tadbirda Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining direktori X.T.Yuldoshev va bir guruh ilmiy xodimlar institutda yaratilgan va ishlab chiqarilgan veterinariya priparatlari, o’quv uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalar bilan ishtirok etishdi.
Yosh bitiruvchi kadrlar tomonidan ularni qiziqtirgan savollarga biriktirilgan ma’sullar tomonidan batafsil javob va tushuntirish ishlari olib borildi.


Fikr bildirish