9-may «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida uzoq yillar mehnat faoliyatini olib borgan va bugun keksalik gashtini surayotganlar holidan xabar olindi.
Ushbu savobli ishda institut direktori X.T.Yuldoshev, laboratoriya mudiri I.X.Salimov hamda Kasaba qo’mitasi raisi A.X.Xushnazarovlar bir guruh faxriylarning holidan xabar olish uchun ularning xonadonlariga tashrif buyurishdi.
Institut Kasaba uyushma qo’mitasining maxsus yig’ilish bayoni asosida ushbu faxriylarga qo’mita mablag’lari hisobidan sovg’a salomlar tayyorlanib topshirildi, tashrif chog’ida faxriylar bilan qizg’in suhbat jarayonida institutning shonli tarixi yodga olindi, olamdan o’tgan ustozlar haqqiga Quron tilovatlar qilindi.
Faxriylarning barchasi doimo institut uchun duoda ekanliklarini aytib yo’qlab kelganliklari uchun juda minnatdorligini izhor qilishdi, yangi rahbariyatga ulkan muvafaqqiyat tilab o’zlari tomonidan qanday maslahat lozim bo’lsa bemalol kelishlarini aytib o’tdi, o’z o’rnida X.T.Yuldoshev «Qarisi bor uyning parisi bor» amalida yaqin kunlar ichida UCH AVLOD UCHRASHUVIni tashkil qilish niyatida ekanligini aytdi.







Fikr bildirish