Telefon: +998 66 666-56-30

VITIda TASHXIS MARKAZI XODIMLARI UCHUN NAVBATDAGI MAXSUS O’QUV SEMENARI TASHKIL ETILDI

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-34-son qarori 6-bandi topshiriqlarini ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ushbu seminar 02/18-14-son chora-tadbirlar rejasi 9-bandida keltirilgan bo’lib, Respublika hayvonlar kasalliklari tashhisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi va uning tizim tashkilotlari mutaxassislari uchun «Sut va sut mahsulotlarining xavfsizlik ko‘rsatkichlari, namuna olish va laboratoriya sinovlarini o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish va umumiylashtirish» yuzasidan o’quv seminar shaklida tashkil etildi.

Oʻquv seminar joriy yilning 16 – 17-may kunlari Navoiy va Buxoro viloyatlarining Hayvonlar kasalliklari tashhisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari mutaxassislariga oʻtkazildi.

Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi, seminar yakunida faol ishtirok etgan mutaxassislar institutning maxsus sertifikati bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan