Telefon: +998 66 666-56-30

CHORVA HAYVONLARINI GELITROP(Heliotropium lasiocarpum)DAN ASRANG

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Tayanch doktoranti Gulniso Abduraimova aynan ushbu oʻsimlikning toksik ta’siri ustida izlanishlar olib bormoqda.

Tadqiqotchi ilmiy rahbari professor B.A.Elmurodov rahbarligida Gelitropning qishloq xoʻjalik hayvonlari organizimiga zaharli taʼsir koʻrsatishini laboratoriya sharoitida sinab koʻryapti.

Ushbu oʻsimlik tabiatda juda keng tarqalgan boʻlib uni yigʻib olish uchun Yosh mollar kasalliklarini oʻrganish laboratoriyasi ishchi guruhi Jizzax viloyati Gʻallaorol va Forish tumanlaridagi lalmikor dehqonchilik bilan mashgʻul boʻladigan dehqonlar dalasidan foydalanishdi.

Yigʻib olingan oʻsimlikning poyasi bargi laboratoriya sharoitida sinov hayvonlari ozuqasiga qo’shilib ularning organizimiga, aynan qaysi organga kuchli ta’sir ko’rsatishi ustida ilmiy amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Aynan tadqiqotchi «Qo’ylarning geliotropdan (Heliotropium lasiocarpum) zaharlanishlarining potomorfologik differensial diagnostikasi» mavzusida falsafa doktorligi uchun dissertatsiyasini oxirgi bosqichlarini yakunlamoqda, tadqiqotchi va uning ilmiy rahbariga omad tilab qolamiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan