Telefon: +998 66 666-56-30

,

ILMDAN AMALIYOTGA (ASALARICHILIK XO’JALIGIGA AMALIY YORDAM KO’RSATILDI)

Asalari yetti xazinaning biri sifatida bejiz e’trof etilmaydi, o’zi kichik ammo mahsuloti juda qimmatli hashorat hisoblanadi.

Shunday mitti hashoratda ham o’ziga yarasha muammolar ayrim yuqumli, parazitar va yuqumsiz kasalliklari mavjud, mana shunday muammolarni yechishda Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasi xodimlari kecha-yu kunduz izlanishdan to‘xtashmaydi.

Xususan labaratoriyaning ilmiy xodimlariga tushgan murojaat yuzasidan Samarqand viloyati Bulung’ur tumanida joylashgan «Orifjonov Javoxir» dehqon xo’jaligiga tashrif buyurdilar, mavjud asalari oilasi bilan yaqindan sinchkovlik ila tanishdilar, epizootik holati ustida monitoring o’tkazishdi.

Tashrif yakunida xo’jalikdagi umumiy holat bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda asalari kasalliklarini oldini olish va qarshi kurashish borasida tavsiyalar berishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan