Telefon: +998 66 666-56-30

30-iyun YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BIR GURUH YOSHLAR TAQDIRLANDI

O’zbekistonda Yoshlar kuni har yili 30-iyun kuni nishonlanadi. Bu sana 2017-yilda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Yoshlar kuni sifatida e’lon qilingan. Aynan shu kuni, O’zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan.
Shu sababli, 30-iyun sanasi O’zbekistonda Yoshlar kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu bayram munosabati bilan Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining ham bir guruh natijador va tengqurlariga o’rnak bo’lib kelayotgan yoshlarini taqdirlash maqsadida institut direktori, institut kasaba uyushma qo’mitasi va institut yoshlar yetakchisining hamkorlikdagi tadbiri tashkil etildi.

Dastlab O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi va tadbir ishtrokchilari jur bo’lib madhiyani o’qishdi.

Tadbirda so’z olganlar bugungi kunda respublikamizda yoshlarga ko’rsatilayotgan e’tibor, ularning natijadorligi va kelgusida yurtimizga uning sharafiga olib kelinadigan ulkan yutuqlari e’tirof etildi.

Xususan institut Yoshlar kengashi raisining bergan axborotiga asosan so’nggi ikki yil ichida 20 dan ziyod yoshlar falsafa doktori darajasini olganligi, o’ndan ortiq yoshlar esa xorij mamlakatlarida stajirovka o’taganligi hamda o’nga yaqin yoshlar xalqaro va respublika grand loyhalarida sovrindor bo’lganligi haqida ma’lumotlarni o’qib eshittirdi.

Tadbir yakunida natijador Yoshlar esdalik sovg’alar va maxsus Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Fursatdan foydalanib yurtimizdagi hamda institutimiz va tizim tashkilotlarining barcha yosh kadrlarini, Yoshlarini tabriklaymiz, ilmiy, ijodiy, kasbiy va shaxsiy hayotingiz muvaffaqiyatlarga to’la bo’lsin.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan