Telefon: +998 66 666-56-30

, , ,

Professor B.A.Elmurodovning Xitoy davlati Uyg‘ur avtonom Respublikasiga safari yakunlandi

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Yosh mollar kasalliklarini o’rganish laboratoriyasi mudiri, professor Elmurodov Bozorboy Aktamovich 7-10 iyul kunlari Xitoy davlatining Uyg‘ur avtonom Respublikasiga ilmiy-amaliy tashrifi bo’lib o’tdi.

Ushbu xizmat safari davomida B.A.Elmurodov Shixizi shahrida joylashgan SHIXIZI Universitetida bo’lib, ushbu universitetda tashkil etilgan “Sog‘lom hayvonlarni yetishtirish va kasalliklarni aniqlash va nazorat qilish” mavzusi bo‘yicha 4-xalqaro konferensiyada institut jamoasi nomidan qatnashdi.

Konferensiyada faol qatnashib bugun dunyoda chorvachilik bo’yicha uchrab turgan ayrim masalalar yuzasidan o’z fikr mulohazalarini aytib o’tdi va savol- javoblar bilan ishtirok etdi.

Undan tashqari ushbu oliygoh va bizning institut xodimlari o’rtasida malaka oshirish kurslarini tashkil etish yuzasidan muhim kelishuvga erishib ikki tashkilotning memorandumini imzolashga musharraf bo’ldi, kelgusida asosiy masala sifatida aynan kadrlar malakasini oshirish ishlari ko’rib chiqiladi va ilmiy-amaliy yutuqlarga erishiladi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan