Telefon: +998 66 666-56-30

,

VITIda VETERINARIYA FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PHD) ILMIY DARAJASINI OLISH UCHUN YOZILGAN DISSERTATSIYA ISHINING HIMOYASI BO’LIB O’TDI

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.06/29.10.2021.V.139.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 29-avgust kuni soat 14:00 dagi majlisida Samarqand  davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va  biotexnologiyalar universiteti Toshkent filliali mustaqil izlanuvchisi XO‘JAXONOV SHOXRUZXON IDRISXO‘JA O‘G‘LIning tayyorlagan dissertatsiya ishi tinglandi.

  • Tadqiqotchi professor Ravshan Davlatov rahbarligida “FARG‘ONA VILOYATI PARRANDACHILIK XO‘JALIKLARIDA TOVUQ KOLIBAKTERIOZINING EPIZOOTOLOGIYASI VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARINI ISHLAB CHIQISH” mavzusidagi 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi ixtisosligi bo’yicha ko’p yillik izlanishlari natijasi, kasallik ustida olib borgan tadqiqotlarining tahlilini kengash a’zolariga to’liq yoritib berdi.
  • PhD.06/29.10.2021.V.139.01 raqamli Ilmiy kengashning bugungi yig’ilishi juda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi, sababi tadqiqotchining puxta tayyorgarlik ko’rgani va kengash a’zolarining qiziqarli savollari dissertantning aniq va lo’nda javoblari bizni shunday xulosaga olib keldi va kengashning umumiy bergan xulosasiga ko’ra tadqiqotchiga Veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun OAKga ijobiy ovoz natijalari jo’natildi.

Dissertant XO‘JAXONOV SHOXRUZXON IDRISXO‘JA O‘G‘LIning bugungi yutug’i bilan Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti jamoasi qizg’in muborakbod etadi va kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan zafarlar tilab qoladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan