Telefon: +998 66 666-56-30

,

VITIning OLIMLARI AMALIY-ILMIY SEMINAR TASHKIL ETISHDI

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi raisi B.T.Norqobilovning tashabbusi bilan «Veterinariya sohasida ilmiy yangiliklarni fermer xo‘jaliklari hamda aholi xonadonlariga joriy etish va xududlarda epizootik tadbirlarni shuningdek veterinariya sohasini rivojlantirishdagi muammolar, yechimi va istiqboldagi rejalar» mavzusida joylarda veterinar mutaxassislar hamda soha olimlarining hamkorlik seminarlarini tashkil etish bo’yicha tizim tashkilotlariga berilgan taklifiga binoan VITIning olimlari Qoraqalpog’iston respublikasi va Xorazm viloyatida xizmat safarida bo’lib qaytishdi.

Institut olimlari v.f.d. katta ilmiy xodim Sh.M.Aminjonov hamda v.f.f.d.katta ilmiy xodim J.M.Isayevlar «Chorva hayvonlarining invazion kasalliklariga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olishning ilmiy asoslangan yechimlarini joriy etish» mavzusida ikki hududning barcha veterinar mutaxassislariga seminar shaklida tushuntirib o’tishdi.

Olimlarning ma’ruzasi yakunida mutaxassislarni qiziqtirgan savollar o’rtaga tashlanib batafsil va ilmiy asoslar bilan tegishli javoblar berildi.

Tadbirlar yakunida ushbu uchrashuvlarning samarasi o’laroq soha rivoji uchun katta amaliy yordam bo’lishi yig’ilganlar tomonidan bildirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan