Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasi mudiri Sh.K.Baliyev hamda laboratoriya katta ilmiy xodimi M.Y.Rahimovlar xizmat safari bilan Qoraqalpogʻiston respublikasi va Xorazm viloyatlariga tashrif buyurishdi.


Ushbu tashrif davomida SamDVMCHBU Nukus filiali, Qoraqalpogʻiston respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Xorazm Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarida ilmiy amaliy seminarlar tashkil etildi.



Uchrashuv davomida instituti olimlari baliqchilik va asalarichilik tarmoqlarida uchrab turadigan turli yuqumli, parazitar va yuqumsiz kasalliklarni davolash ularni ertachi tashxislash va kasalliklarni oldini olish borasida oʻzlarining qimmatli fikr va mulohazalarni bildirishdi.



Seminarda ikki hududning veterinariya mutaxassislari hamda filial talabalari ishtirok etishdi. Ular maʼruza yakunida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga olimlar tomonidan aniq javoblar olishdi.


Uchrashuv yakunida olimlar oʻzlarining tajribalari natijasida olingan xulosalari asosida yozilgan ilmiy ishlaridan bir guruh ishtirokchilarga tarqatishdi.


Fikr bildirish