Telefon: +998 66 666-56-30

O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARINING 120 YILLIGI MUNOSIB O’TKAZILDI

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti 100 yillik tarixga ega tashkilot hisoblanadi, bugungi kungacha ushbu tashkilotdagi Kasaba uyushma qo’mitasini bir qancha zabardast olimlar boshqarib kelgan va tashkilotda jamoa shartnomalari tuzilib, xodimlarga munosib mehnat sharoitini yaratib berishda Kasaba uyushma qo’mitasi raislari asosiy jonbozlikni ko’rsatishgan.

Bugun institut tarixidan ham ulug’ tarixga ega Kasaba uyushmalari tashkil topganiga 120 yil to’ldi va Respublikamiz bo’ylab katta bayram sifatida nishonlanmoqda, yurt boshimiz tashabbuslari bilan 11-noyabr «Kasaba uyushma xodimlari kuni» sifatida belgilanishi ham tashkilotga katta e’tibor berilayotganidan dalolat hisoblanadi.

Xususan bayram munosabati bilan VIT institutida bayram munosabati bilan tadbir o’tkazildi, dastlab bayram tabrigi bilan institut direktori X.T.Yuldoshev barcha yig’ilganlarni tabriklab kelgusi ishlarda ulkan zafarlar yor bo’lishini izhor etdi. Yig’ilganlar ham bayram munosabati bilan tabriklar yo’llashdi.


Shundan so’ng bayram arafasida Belarus respublikasida joylashgan S.N.Vshelevskiy nomidagi Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining 150 yilligi munosabati bilan VIT institutining bir guruh xodimlariga ikki tashkilotning uzoq yillik hamkorligi yuzasidan esdalik nishonlari taqdim etildi.

Undan tashqari bugungi bayram munosabati bilan institutning yoshi ulug’ faxrylariga institut Kasaba uyushmasi hisobidan tushlik dasturxoni yozilib bir piyola choy ustida utgan tarix, bugungi kun va kelajak rejalar haqida qizg’in suhbat olib borildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan