Telefon: +998 66 666-56-30

,

DISSERTATSIYA HIMOYASI O’TKAZILDI

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD06/29.10.2021.V.139.01. raqamli ilmiy kengashning navbatdagi (an’anaviy/onlayn) yig‘ilishi o‘tkaziladi.
K U N T A R T I B I D A
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti O‘rinov Haqberdi Sadriddin o‘g‘lining 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi ixtisosligi bo‘yicha “Golshtin zotli sigirlar reproduktiv faoliyatini rag‘batlantirish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi veteranariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining himoyasi o’tkazildi.
Tadqiqotchi tayyorlagan taqdimotini a’zolarga taqdim etgandan so’ng, unga berilgan savollarga ijobiy javoblar qaytardi va yig’ilish yakuniga ko’ra tayyorlangan ishga ijobiy baho berildi.
Kengash xulosasiga ko’ra tadqiqotchining v.f.f.d. darajasiga loyiqligi etrof etildi va OAKga ushbu xulosa junatildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan