Telefon: +998 66 666-56-30

OʻZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI TARIX MUZEYIGA SAYOHAT QILINDI

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Agrosanoat majmuasi xodimlari respublika kengashi tarkibiga kiruvchi barcha viloyatlardan tashrif buyurgan boshlangʻich tashkilot KUQ raislariga tashkilotning bugungi kungacha boʻlgan tarixi haqida maʼlumotlar berildi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Malaka oshirish institutida bir haftalik oʻquv rejaga muvofiq kuni kecha institut qoshidagi tarixiy muzeyga sayohat uyushtirildi.

120 yillik tarixga ega boʻlgan ushbu nodavlat tashkilotning oʻziga yarasha boy tarixi mavjudligi tinglovchilar tomonidan etrof etildi.

Ushbu sayohatda VITI KUQ raisi A.X.Xushnazarov ham ishtrok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan