Bugun Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Kasaba uyushma qo’mitasining navbatdan tashqari yig’ilishi o’tkazildi.
Kun tartibida uchta masala muhokama qilindi.
Birinchisi – 2026-yil uchun institut KUQning yillik hisob Smetasi tasdiqlangani va ajratilgan foizlar bo’yicha sarf xarajatlar qayta ko’rib chiqildi. Qo’mita a’zolari bu bo’yicha yil davomida qanday tadbir va tashkiliy ishlar qilish to’g’risida o’z taklif mulohazalarini bildirishdi.
Ikkinchsi – qo’mita raisi nomiga tushgan arizalar o’qib eshittirildi, KUQ raisi nomiga shu kungacha 5 nafar ishchi xodimlar tomonidan ariza tushgan bo’lib, ular asosan oylik maoshlari kam ekanligi, sog’ligidagi muammolar va oilaviy ahvoli to’g’risida bayon qilishib, institut KUQdan moddiy yordam so’rab murojaat qilishgan. Qo’ita a’zolari ularning arizalari bilan tanishib chiqib barcha arizachilarni yaxshi tanishliklari va ularga moddiy yordam olishda ko’maklashish lozimligini takidlashdi.
Uchinchisi – KUQ raisiga dam olish sanatoriyasiga yo’llanma olish uchun murojaat tushganligi yuzasidan o’tkazildi. A’zolar tomonidan ushbu ilmiy xodimning otasiga Chimyon sanatoriyasi uchun yo’llanma olishga amaliy yordam ko’rsatilishi to’grisida xulosa qilindi.








Fikr bildirish