Telefon: +998 66 666-56-30

YOSH MOLLAR KASALLIKLARINI O‘RGANISH LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri

ELMURODOV BOZORBOY AKTAMOVICh

veterinariya fanlari doktori, professor

Yosh mollar kasalliklarini o‘rganish laboratoriyasining ilmiy faoliyati 1924 yilda yuqumli kasalliklarning epizootik holatini o‘rganishdan boshlagan. Professor G.A.Obolduev boshchiligida 1924-1934 yillarda qishloq xo‘jalik hayvonlarining yuqumli kasalliklariga tashhis qo‘yish va oldini olish bo‘yicha katta ilmiy tadqiqot ishlarii olib borilgan. Ushbu yillarda bir qator preparatlar (kuydirgi kasalligiga qarshi vaksina va qon zardobi, qorason kasalligiga qarshi formol vaksina, brusellyoz antigeni va boshqa.) tayyorlangan. Institutda 1934 yil epizootik bo‘lim tashkil etilib, unda Respublikada yuqumli kasalliklar patologiyasini o‘rganish bo‘yicha reja tuzilgan. Bo‘lim mudiri professor I.D.Dukalova boshchiligida qorako‘l qo‘y va qo‘zilar, bo‘zoqlar hamda tuya bolalari kasalliklarinin o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Shu davrda ilk bor echkilarning yuqumli plevropnevmoniya kasalligining etiologiyasi o‘rganildi. 1937 yil G.A.Obolduev tomonidan birinchi marta O‘zbekiston rayonlarining epizootik kartasi ishlab chiqildi.

Epizootik bo‘limni 1635-1938 yillarda A.A.Volkova, 1938-1941 yillarda Z.G.Sovetskiy, 1941-1948 yillarda I.N.Nevskiy, 1948-1950 yillarda K.A.Arifdjanov, 1950-1955 yillada S.I. Voinov boshqargan. 1955 yilda bo‘lim boshlig‘i qilib F.Ye.Smirnov tayinlangan. 1959-1961 yillarda F.D.Lukashenko, 1961-1967 yillarda A.K.Sitdiqov boshqargan, 1967 yildan so‘ng Epizootik bo‘lim Yosh mollar kasalliklarini o‘rganish laboratoriyasi deb o‘zgartiriladi va uni 1992 yilgacha veterinariya fanlari doktori, professor I.D.Burluskiy boshqargan. 1992-1997 yillarda A.A.Abdusattarov, 1997-1998 yillarda E.E.Yaparov, 1998-2002 yilgacha J.M.Parmanov, 2002 yildan veterinariya fanlari doktori B.A.Elmurodov boshqarib kelgan. 2021 yildan 2024 yilgacha  I.D. Sheralieva 2024 yildan 2025 yilgacha N.Nabieva va 2025 yildan xozirgi vaqtgacha professor B.Elmurodov boshqarib kelmoqda.

Laboratoriyaning ilmiy tadqiqot faoliyati yosh mollarning yuqumli kasalliklariga tashxis qo‘yish, davolash, oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Shu maqsadda cho‘chqalarning atrofik rinit, buzoqlarning trixofitiya, yuqumli va yuqumsiz dispepsiya kasalliklarining etiologiyasi, diagnostikasi va oldini olish chora-tadbirlari to‘liq o‘rganilgan. Shu asosda, qo‘ylarning kolibakterioz kasalligiga qarshi vaksina, buzoq, qo‘y va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi GOA formol vaksina, buzoq, qo‘y va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz, salmonellyoz va pasterellyoz kasalliklarini oldini olish va davolash uchun giperimmun qon zardobi, shuningdek qo‘ylarning pasterellyoz kasalligiga qarshi GOA formol vaksina, buzoqlarning pasterellyoz kasalligiga qarshi vaksina, buzoq, qo‘y va cho‘chqa bolalarining kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi GOA formol vaksina, qo‘y va qo‘zilarning diplokokkoz kasalligiga qarshi GOA formol vaksinalar yaratilib, ilmiy tadqiqot va amaliyotda sinalgan, Respublikaning barcha shirkat va fermer xo‘jaliklariga joriy etilmoqda.

Hozirgi kunda laboratoriyada quy va qo‘zilarning diplokokkoz va pasterellyoz kasalliklarini oldini olish maqsadida polivalentli vaksina, quyonlar pasterellyoz kasalligiga qarshi GOA formol vaksina yaratildi hamda ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ilmiy yechimlarning aksariyati sobiq ittifoq va O‘zbekiston veterinariya qonunchiliklarida, me’yoriy hujjatlarda, to‘plamlarda va matbuotda keng aks ettirildi. Amaliy tadqiqotlar natijalari respublikamiz chorvachiligini rivojlantirishda, uning zamonaviy tizimlarini yanadi optimallashtirishda foydali bo‘ldi. Chorvachilikning iqtisodiy rentabelligi ko‘tarildi. Ayniqsa yuqorida nomlari keltirilgan kasalliklarni oldini olish tadbirlarini chorvachilikka joriy qilinishi e’tiborga molik yutuqlar bo‘ldi. O‘zbekistonda Yosh mollar kasalliklarini o‘rganish (mikrobiologiya) ilmiy maktabi yaratildi. (A.A.Volkova, Z.G.Sovetskiy, I.N.Nevskiy, S.I.Voinov, F.Ye.Smirnov, F.D.Lukashenko, A.K.Sitdiqov, ID.Burluskiy, A.A.Abdusattarov, E.E.Yaparov, J.M.Parmonov, M.Maxmatqulov, B.A.Elmurodov, N.Navruzov, I.Sheralieva, N.Nabieva, I.Sultonova, X.Murodov, N.Xamrakulov, M.Allamurodova va bosh). Maktab tomonidan 2 mingdan oshiq ilmiy maqolalar, o‘nlab kitob va to‘plamlar, monografiyalar, tavsiyanoma va yo‘riqnomalar chop etildi. 20 dan oshiq fan nomzodi, 11 nafar fan doktori yetishib chiqdi. Bulardan tashqari “Buzoqlarning kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarini oldini oluvchi giperimmun qon zardob uchun kompleksli bakteriya antigenini olish usuli” O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Huzuridagi Intellektual Mulk Agentligi tomonidan 2017 yil № IAR 06162 raqami bilan patent olindi (A.A. Abdusattorov., B.A. Elmurodov., G‘.A.Mengliev., B.F.Ulmasov., N.I.Navruzov.). “Qo‘ylarning diplokokkoz va paterellyoz kasalliklariga qarshi assotsiatsiyalangan vaksina” ga O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Huzuridagi Intellektual Mulk Agentligi tomonidan 2017 yil № IAR 06161 raqami bilan patent olindi (B.A.Elmurodov., A.A. Abdusattorov., N.I.Navruzov., I.D.Sheralieva).“Quyonlarning pasterellyoz kasalligini oldini olish uchun vaksina” ga O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Huzuridagi Intellektual Mulk Agentligi tomonidan 2018 yil № IAR 0261 raqami bilan patent olindi. (B.A.Elmurodov., N.A.Nabieva., N.I.Navruzov., I.Yu.Sultanova), 2016 yil “Yosh hayvonlar kasalliklari” deb nomlangan monografiya chop etildi. (B.A.Elmurodov., S.X. Abdalimov., N.I.Navruzov., I.D.Sheralieva). 2020 yil “Buzoqlar kolibakterioz kasalligining patomorfologik diagnostikasi, profilaktikasi va davolash” bo‘yicha tavsiyanoma (B.A.Elmurodov., N.I.Navruzov) va 2021 yil “Quyonlarni parvarishlash va ularda uchraydigan kasalliklarga qarshi kurash” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqildi. (B.A.Elmurodov., N.Nabieva., I.Yu.Sultanova). Yosh mollar kasalliklarini o‘rganish laboratoriya xodimlari tomonidan turli xil xorijiy jurnallarda va ilmiy anjumanlar to‘plamlarida bir qancha maqolalar chop etildi.

So‘ngi yillarda laboratoriya ilmiy faoliyatini B.A.Elmurodov boshchiligida (N. Nabieva., I.Sheralieva., B.Sayfuddinov, Z.Kiyamova, G.Abdurayimova, Z.Qurbonova, I.Usmonovlar va bosh) qo‘y, qo‘zi va buzoqlarning kasalliklariga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olishning yangi samarali uslublari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.