Telefon: +998 66 666-56-30

,

VITIning olimlari dastur asosida joylarda seminarlar tashkil qilmoqda

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining olimlari tomonidan, joriy yilning 18-aprelidan 18-mayiga qadar mamlakatimizda «CHORVACHILIKDA SANITARIYA EPIDEMIYA GIGIYENA» oyligi doirasida butun respublika bo’ylab asosan chorvachilikka ixtisoslashgan viloyatlar, tumanlar kesimida seminarlar tashkil qilinmoqda.
Xususan institutning «Gelmintologiya laboratoriyasi» katta ilmiy xodimi Ulashov Ilxom Axmadovich Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Palandara MFYdagi «Palandara chorva» MCHJ rahbari Rajabov Begali Tursunaliyevichning qoramolchilikka ixtisoslashgan xo’jaligida «Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena» oyligi doirasida xoʻjalik va fermalarda veterinariya-sanitariya tartiblariga qatiy rioya qilish, kirish joylarida dezinfeksiya vositalarini tashkil etish, begona shaxslar va transport vositalarining kirishini cheklash. Hayvonlarni saqlashda zoogigiyenik talablarga amal qilish, ularni sifatli ozuqa va toza suv bilan ta’minlash, hududni doimiy tozalikka saqlash hamda zararli jonivorlarga qarshi kurashish borasida oʻquv-amaliy seminar o’tkazib qaytdi.

Seminardan tashqari xo’jalikda kasalliklarni oldini olish uchun vitaminli terapiya usullari va parazitar kasalliklarga qarshi antigelmitik vositalari ham qo’llanildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan