Telefon: +998 66 666-56-30

,

Andijon viloyatida olib borilayotgan ishlar yuzasida

2026-yil 18-apreldan 18-mayga qadar yurtimizda “Chorvachilikda sanitariya-gigiyena” oyligi doirasida Andijon viloyatida ham seminar tashkil etildi.

Tadbirda Andijon viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mas’ul xodimlari, tuman-shahar veterinariya bo‘limlari mutaxassislari hamda soha olimlari ishtirok etib, chorvachilikda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish hamda profilaktik chora-tadbirlarni tizimli ravishda kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Virusologiya laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, v.f.b.f.d. (PhD) Fazliddin Zubaydov ishtirok etib, chorvachilik xo‘jaliklarida bioxavfsizlikni ta’minlash, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini samarali tashkil etish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha ilmiy-amaliy tushuntirishlar berib o‘tdi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan chorva parvarishida zamonaviy veterinariya yondashuvlarini joriy etish va profilaktik choralarni kuchaytirish yuzasidan ham amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan