📢 Respublikamizda 18-apreldan 18-maygacha “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilindi, shu bilan birgalikda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining tegishli buyrugʻi bilan
🐄 “Sog‘lom chorva – sog‘lom mahalla” shiori ostida tegishli Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
📍 Ushbu tadbirlar munosabati bilan Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti «Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari» labaratoriyasi mudiri v.f.f.d., katta ilmiy xodim Sh.Q.Baliyev, «Veterinariya sanitariyasi va urchitish patologiyasi» laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi v.f.f.d. S.A.Suvonov va Ilmiy kadrlarni tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish shuʼbasi mudiri v.f.f.d. B.K.Uluqovlar tomonidan Namangan viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida viloyatning tuman veterinariya bo‘limi boshliqlari, soha mutaxassislari, fermer hamda chorvadorlarga o‘quv-seminar tashkil etildi.
🌍 Seminar davomida qishloq xo’jalik hayvonlarining yuqumli, parazitar va akusher-ginekologik kasalliklari tarqalishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha keng qamrovli ma’lumotlar berildi hamda mutaxassislar bilan fikr-mulohazalar almashildi. Qo’shimcha ravishda baliq va asalari kasalliklari yuzasidan qizgʻin suhbat tashkil qilindi. Seminar qatnashchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan kerakli javoblarni oldi.
🤝 Kasalliklarning oldini olishda fermer va chorvadorlarning faol ishtiroki muhim omil ekanligi qayd etildi.
✅ Sog‘lom chorva — farovon mahalla garovi!








Fikr bildirish