Telefon: +998 66 666-56-30

, ,

VITI Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi olimlarining bir kuni

Mamlakatimizda “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Tallikuron MFY Xudoyqulov Sarvar Axrorovich ChFX da hamda Koson tumanidagi Muxri Qilich bobo fermer xo’jaligida “Oqsil (yashur) kasalligining oldini olish va epizootik barqarorlikni ta’minlash” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

 Seminarda soha mutaxassislari tomonidan:

▫️kasallikning klinik belgilari va tashxislash usullari,
▫️profilaktik emlash tadbirlarini samarali tashkil etish,
▫️epizootik vaziyatni nazorat qilish,
▫️dezinfeksiya va karantin choralarini qo‘llash

bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

⚠️ Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi natijasida chorva hayvonlari orasida turli yangi kasalliklar yuzaga kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlarda chorva mollari o‘rtasida oqsil kasalligi tarqalish xavfi ortganligi sababli, Qarshi Koson tumanlarida xam epizootik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha kuchaytirilgan choralar ko‘rilmoqda.

🤝 Ushbu jarayonlardaVITI Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi olimlari ham faol ishtirok etmoqda.
✅ Seminar yakunida kasallikning oldini olish va chorvachilikda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan