Respublikamizda 18-apreldan 18-maygacha “Chorvachilikda sanitariya-epidemiya-gigiyena” oyligi e’lon qilindi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tegishli buyrugʻi bilan “Sog‘lom chorva – farovon mahalla” shiori ostida tegishli yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
Ushbu qaror ijrosi yuzasidan Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Immunologiya va biotexnologiya laboratoriyasi mudiri v.f.d., professor Salimov Ilxom Xaitovich va tayanch doktorant Nurgaliev Turgali Sarsengali uli ishtirokida Xorazm viloyati Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasida boshliqlari va soha mutaxassislariga o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida yuqumli kasalliklar tarqalishi, davolash va oldini olish chora-tadbirlari boʻyicha hamda chorva hayvonlarining ginekologik va parazitar kasalliklari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Urganch tumani “Dilnoza xadicha banu” fermer xo‘jaligigida veterinariya-sanitariy tadbirlariga qat’iy rioya qilish, kirish joylarida va hayvonlarni saqlash joylarda dezinfeksiya vositalarini tashkil etildi va hayvonlarni saqlashda zoogigiyenik tadbirlariga amal qilish hamda ularni sifatli ozuqa va toza suv bilan ta’minlash, hududni doimiy tozalikda saqlash hamda zararli jonivorlarga qarshi kurashish borasida ama;iy seminar bo‘lip o’tti va infeksion kasalliklari yuzasidan qizgʻin suhbat tashkil qilindi.
Seminar qatnashchilari hozirgi kunda xoʻjaliklarda uchrab turgan kasalliklar va ularni oldini olish, davolashga doir savollarga mutaxassislardan kerakli javoblarni oldi.
Seminardan soʻng VITI olimlari ushbu tumandagi chorvachilik va baliqchilik xoʻjaliklarini koʻzdan kechirib, hayvonlarni saqlash va parvarishlash yuzasidan oʻzlarining tavsiyalarini berib oʻtdi.








Fikr bildirish