Bugun Veterinariya ilmiy tadqiqot institutiga Toyloq tumani hokimi B.Rahmatullayev hamda Toshkent davlat agrar universitetining rektori N.Oblomurodov tashrif buyurishdi.


Ular bilan birgalikda tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo’limi boshlig’i va vetvrachlar hamda ToshDAUning bir guruh professor o’qituvchilari ham kelishdi.
Ushbu tashrifdan asosiy maqsad bugun yurtboshimizning tashabbuslari bilan respublikada oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi, ularning sifat darajasi, xalqaro bozorlarga chiqarish kabi rejalarini joylarda amalga oshirish hisoblanadi.


Shunga muvofiq Toyloq tumani hamda ikki yirik tashkilot o’rtasida kelgusi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ma’sullarning fikriga ko’ra ushbu tashrif dastlabkisi hisoblanishi yaqin fursat ichida alohida dastur asosida qayta o’tkazilishi aytib o’tildi.
Tashrif yakunida VITI direktori X.T.Yuldoshev mehmonlarni institutning 100 yilligi tadbiriga alohida taklif qildi.






Fikr bildirish