Telefon: +998 66 666-56-30

,

BALIQCHILIKDA KATTA ILMIY MAKTAB YARATILMOQDA

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan «Kattaqo’rgоn Jayxuni» baliqchilik xo‘jaligida «Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari» laboratoriyasi mudiri, veterinariya fanlari falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Baliev Shavkat Kuchkarovich hamda veterinariya fanlari falsafa doktori (PhD), kichik ilmiy xodim Sulaymanova Nafisa Abdimuminovnalar ushbu xo‘jalik faoliyatini yaqindan o‘rganish va ishlab chiqarish jarayonlariga ilmiy ko‘mak berish maqsadida, xizmat safarida bo‘ldilar.

Xizmat safari davomida olimlar xo’jalik rahbari Sobir aka boshchiligida xo‘jalikning zamonaviy inkubatsiya sexida bo‘lib, baliq urug‘larini sun’iy ko‘paytirish, otalantirilgan ikralarni inkubatsiya apparatlariga joylashtirish va ulardan sog‘lom lichinkalar olish va havzalarga chavoq tashlash jarayonlarida ham bevosita ishtirok etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan