Telefon: +998 66 666-56-30

APROBATSIYA JARAYONI BO‘LIB O‘TDI

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining “Mikrobiologiya” laboratoriyasida institutning tayanch doktoranti Usmanov Islomiddin G‘ofur o‘g‘lining ilmiy mavzusi yuzasidan aprobatsiya ishlari o’tkazildi.

I.G’.Usmanov ilmiy rahbari v.f.d., professor  B.A.Elmurodov bilan “Qo‘ylar diktiokaulyozi va pasterellyozining aralash kechishida patomorfologik differensial diagnostikasi” mavzusida I va II-bosqich aprobatsiyasini komissiya a’zolarining ishtrokida amalga oshirilgan edi.

Ya’ni ish dasturiga asosan ushbu tajribalarning amaliy qismi dastlab I bosqichda Dictyocaulus filaria qo‘zg‘atuvchilari og‘iz orqali sun’iy yuqtirilgan.

Tajribani II-bosqichida esa diktiokaulyoz bilan zararlangan qo‘ylarga Pasteurella multocida qo‘zg‘atuvchilari qorin bo‘shlig‘iga yuqtirilgan edi.

Tadqiqot davomida tajribadagi qo‘ylar tekshirilib borildi va qo‘ylar Dictyocaulus filaria va Pasteurella multocida qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanib nobud bo‘lgandan so‘ng, patologoanatomik va patomorfologik tekshirishlar amalga oshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan