Telefon: +998 66 666-56-30

,

VITI YETAKCHI TASHKILOT SIFATIDA

Bugun Veterinariya ilmiy tadqiqot institutining qoshidagi raqamli Ilmiy kengash xonasiga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining ikki nafar mustaqil izlanuvchilari o’zlarining mavzularini yetakchi tashkilotda himoya qilish uchun kelishdi.

Shunga ko’ra mutaxassislardan tuzilgan kengash ushbu ishlarni muhokama qilish uchun yig’ilishdi.

Unga ko’ra kun tartibi tuzilib ish jarayoni boshlandi

Birinchi muhokama Ro’zimov Voxid Ulug’bekovichning 16.00.04 – «Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi» ixtisosligidan «QORAMOLLAR ORGANIZMIGA BODIFORS VA MULTIVIT+MINERALLAR PREPARATLARINI TA’SIRI» mavzusidagi veterinariya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishiga Yetakchi tashkilot sifatida muhokama qilish va xulosa berish.

Ikkinchi muhokama Raximov Odilbek Raxmatullaevichning 16.00.02 «Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi ixtisosligidan biotexnikasi» ixtisosligidan «QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA SIGIRLARDA ALIMENTAR BEPUSHTLIKLARNING SABABLARI, DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI» mavzusidagi veterinariya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishiga Yetakchi tashkilot sifatida muhokama qilish va xulosa berish.

Ushbu mavzular mutaxassislar tomonidan tinglandi va mavzuga oid savollar bilan murojaat qilindi dissertatntlar berilgan savollarga aniq va tushunarli javob qaytarishdi, yig’ilish yakuniga ko’ra ikkala tadqiqotchi ham o’z mavzusining mutaxassisi ekanligini etrof etildi va keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan