Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida bugun 50 ga yaqin doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlari bilan band, ularning ilmiy faolligi bo’lim boshlig’i v.f.f.d. B.K.Uluqovning yaqinda tayinlanganidan so’ng yanada jadallashdi desak mubolaga’a bo’lmaydi.
Albatta tadqiqotchiga kimdir zug’um o’tkazishi, ilmiy ishlarini mukammallashtirishi lozimligini aytish shart emas, ishlayman desa izlansa ilmning tubi yo’q.
Shunday tadqiqotchilardan biri “Patomorfologiya” laboratoriyasi tayanch doktoranti Abduraimova Oydin Mamarajab qizi, tadqiqotchi o’zining ilmiy rahbari v.f.n., katta ilmiy xodim O.A.Djurayev rahbarligida “Qo’ylarda salmonellyozli abortning differensial diagnostikasi” nomli mavzu yuzasidan izlanishlarni olib bormoqda.
Tadqiqotchi bugungi kungacha ilmiy kutubxonalardan, internet ma’lumotlaridan mavzusiga oid adabiyotlar bilan tanishib chiqdi, bugun esa aynan mavzusiga oid amaliy ishlarni boshlab yubordi, ustozi rahbarligida laboratoriyaga patologik namunalarni olib kelish, ro’yxatdan o’tkazish, namunalarni fiksatsiya qilish kabi ishlarni qunt bilan o’rganmoqda.
Kelgusida tadqiqotchining ilmiy izlanishlarga omad yor bo’lsin, soha sirlarini puxta o’rganishda sabir toqat va o’tkir zehn hamroh bo’lishini tilaymiz.








Fikr bildirish