Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida bugun 50 ga yaqin doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlari bilan band, ularning ilmiy faolligi bo’lim boshlig’i v.f.f.d. B.K.Uluqovning yaqinda tayinlanganidan so’ng yanada jadallashdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bugun tayanch doktorant A.Sherqulov Ilmiy rahbari v.f.f.d. katta ilmiy xodim X.U.Murodov bilan ilmiy mavzu yuzasida tadbirkorlarning parrandachilik xo’jaligida tekshirish va amaliy yordam ko’rsatish ishlari amalga oshirildi
Ushbu ilmiy tadqiqot ishlari Qashqadaryo viloyatidagi xususiy tadbirkor Ilyos Qiyosov xonadonida boʻlib u yerda boqilayotgan uch mingtadan ortiq joʻjalar parvarishlanayotgan parrandaxonada o’tkazildi.
Tadqiqot davomida parrandalarga berilayotgan qoʻshimcha ozuqalar tekshirildi, joʻjalarning umumiy filologik holati oʻrganildi, amaliy ilmiy tavsiyalar berildi.




Fikr bildirish