Telefon: +998 66 666-56-30

TAYANCH DOKTORANTLARNING BIR ISH KUNI

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida bugun 50 ga yaqin doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar ilmiy tadqiqot ishlari bilan band, ularning ilmiy faolligi bo’lim boshlig’i v.f.f.d., B.K.Uluqovning yaqinda tayinlanganidan so’ng yanada jadallashdi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Bugun nafaqat respublikamiz balki butun dunyo aholisini sifatli go’sht bilan taminlashda parrandachilikning o’rni beqiyos hisoblanadi, ammo ushbu jozibador so’zlarning o’zi barcha narsani hal qilib maqsadga yetish uchun yetarli emas, sababi ushbu sohaning ham o’ziga yarasha qiyinchiliklari bisyor, bir kechada butun boshli fermadagi parrandalardan ayrilib qolish hech gap emas.

Demak ushbu sohani o’rganish ham dolzarb hisoblanadi, shunday maqsadni oldiga qo’ygan tayanch doktorant A.Sherqulov Ilmiy rahbari v.f.f.d., katta ilmiy xodim X.U.Murodovning rahbarligida soha sirlarini o’rganishga sidqidildan kirishgan.

Tadqiqotchi rahbari bilan Qashqadaryo viloyatidagi «Bibixonim goʻsht, sut» MCHJ da boʻlib u yerda boqilayotgan 10 mingdan ziyod joʻjalarga berilayotgan qoʻshimcha ozuqalar (probiotiklar)ni ko’zdan kechirishdi, namunalar olishdi va joʻjalarning umumiy holatini oʻrganishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan