Bugun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Veterinariya ilmiy tadqiqot institutidagi boshlangʻich tashkilotining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kasaba uyushma qoʻmitasi raisi v.f.f.d., k.i.x., I.Y.Sultanova boshchiligidagi yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqildi.
Yaʼni yillik tuzilgan smeta asosida «Ichki turizm»ni rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻni toʻgʻri taqsimlash maqsadida Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirish rejasi muhokama qilindi.
Yigʻilishda ushbu masala yuzasidan soʻz olganlar qoʻmita raisining ushbu tashabbusini qoʻllab quvvatlashini aytishdi, hamda diqqatga molik joylarni tanlashda oʻz fikr mulohazalarini bayon etishdi.
Maʼlumot uchun Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi respublikadagi eng yirik nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi, uning tashkilotlardagi uyushma qoʻmitalari alohida vakolatlarga ega boʻlim hisoblanadi va jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi rais va qoʻmita aʼzolarining roziligi bilan toʻplangan mablagʻlar smeta asosida sarflanadi.
«Ushbu mablagʻlarning sarflanishiga hech bir tashkilot rahbari yoki uning ishonchli vakili aralashishga haqqi yoʻq»
Kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi qonunning 12-moddasi.






Fikr bildirish