Telefon: +998 66 666-56-30

TOKSIKOLOGIYA VA TERAPIYA LABORATORIYASI

TOKSIKOLOGIYА VA TERAPIYА LABORATORIYASI

Laboratoriya mudiri

Isayev Mashrab Tursunboyevich

veterinariya fanlari nomzodi

O‘zbekiston hukumatining qaroriga asosan 1965 yilda kimyo toksikologiya laboratoriyasi tashkil qilindi. Unga mineral toksikozlar, zaharli o‘simliklar toksikologiyasi hamda veterinariya sanitariyasi laboratoriyalari kiritildi.

1965-1967 yillarda laboratoriyaga v.f.d. professor F.I.Ibodullaev rahbarlik qildi. 1967- yilda bu laboratoriya toksikologiya laboratoriyasiga aylantirildi va unga v.f.d. professor T.B. Boymurodov mudir etib tayinlandi. Shu davrdan boshlab laboratoriyada qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarini fosfororganik pestitsidlar bilan zaharlanishlariga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi.

1986-1990 yillarda v.f.d. V.R.Xaitov laboratoriyaga mudirlik vazifasini bajargan.

1991-2016 yillarda yana laboratoriyaga v.f.d. professor T.B. Boymurodov rahbarlik qildi.

  Bu yillarda buzoq va qo‘zilarning yuqumsiz kasalliklarini davolash va oldini olish uchun kompleks preparat ixtiro qilindi (T.B.Boymurodov, E.E.Yaparov, A.A.Abdusattorov, M.Baratova).

Bundan tashqari kampirchapon o‘simligini tarkibida gossipol bo‘lgan oziqalarning qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalar uchun zaharliligi o‘rganildi va ularning oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqildi. (T.B.Boymurodov, V.R.Xaitov, D.Sh.Muradov, N.X.Shevchenko, S.Sh.Faxriddinova, N.Sh.Davlatov, A.Xalqarayev, M.N.Norboyev, A.Toxirov va boshqalar). D.Sh.Muradov rahbarligida oqquray o‘simligining zaharligi o‘rganildi va zaharlanishning oldini olish chora tadbirlari ishlab chiqildi.

I.X.Irgashev, K.A.Asqarov, T.B.Baymuradov, S.Najmiddinov, R.M.Yarayeva va S.I.Arutyunyans, U.S.Najmiddinov va B.X.Jo‘rayevlar tomonidan pilla qurti chiqindisining organizmga ta’siri o‘rganildi va tarkibida gossipol bo‘lgan oziqalar bilan zaharlanishlarni oldini olishda foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi mikrobiologiya instituti xodimlari bilan hamkorlikda somon, g‘o‘zapoya, tamaki tanasi, doni olingan makkajo‘xori poyasi va boshqa dag‘al oziqalarni to‘yimliligini oshirishda foydalanish uchun trixoderma lignorum – 19 zamburug‘idan foydalanish usullari ishlab chiqildi. (T.B.Boymuradov, J.Toshpo‘latov, I.X. Irgashev va boshqalar).

2008 yillarda buzoq va qo‘zilarning yuqumsiz kasalliklarini davolash va oldini olish uchun kompleks preparat ixtiro qilindi (T.B.Boymurodov, E.E.Yaparov, A.A.Abdusattorov, M.Baratova, Opishenko N.) 2010 yilda «Разработка методов терапии и профилактики негативных последствий применения современных инсектоакарицидных препаратов в ветеринарной практике Узбекистана» loyihasi asosida ishlar olib borildi. (V.R.Xaitov, R.Murodov).

        2016-2020 yillarda O.U.Qo‘ldoshev boshchiligida “Sigirlarning akusher – ginekologik kasalliklarini davolash, servis davrini qisqartirish xamda sun’iy qochirishni yangi usul va vositalarini yaratish” loyihasi asosida ilmiy-ishlar olib borilgan (O.U.Qo‘ldoshev, V.R.Xaitov, M.T.Isayev, R.Murodov, Sh.K.Baliyev, N.S.Saloxiddinova, M.B.Mustafoqulova, J.Yaxyoyev).

Laboratoriya xodimlaridan I.Yu.Sultonova (Quyonlar kolibakterioz va salmanellioz kasalliklarining patomorfolpogiyasi va differinsial diagnostikasi. 2023 йил) mavzusida veterinariya falsafa fanlari doktori desertatsiyasini muvofaqiyatli himoya qilgan.

2021 yildan hozirgi kungacha toksikologiya va terapiya laboratoriyasi mudiri v.f.n. katta ilmiy xodim M.T.Isayev boshchiligida, katta ilmiy xodim I.Yu.Sultonova, kichik ilmiy xodim A.I. Axmadov va laborant M.B.Mustafoqulovalar bilan birgalikda V-Bosqich  (2025) “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining yuqumsiz kasalliklarini oldini olish, qarshi kurashishning samarali usullarini taqqoslab o‘rganish, qishloq xo‘jalik hayvonlarida yuqimsiz kasallikning maxsus profilaktikasi uchun vositalarini takomillashtirish va ishlab chiqarish. Qoramollarda oyoq bo‘g‘inlari kasalliklarining etiopatogenizi, davolash va profilaktikasi” mavzusida ilmiy –tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

“Toksikologiya va terapiya” laboratoriyasining “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining yuqumsiz kasalliklarini oldini olish, qarshi kurashish samarali usullarini taqqoslab o‘rganish, zaharlanishlarining tashxisi, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish hamda tadbiq etish” topshirig‘ining 2021-2025 yillarga rejalashtirilgan ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Laboratoriyada bugungi kunda buzoqlarning yuqumsiz kasalliklaridan bronxopnevmoniya kasalliklarini davolash uchun laboratoriyada tayyorlangan kompleks fermentativ oqsil gidrolizati preparati to‘liq sinovdan o‘tkazildi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining yuqumsiz kasalliklarini oldini olish va zamonaviy davolash usullarini joriy etish, zaharli o‘simliklar (kampirchapon, ko‘kmaraz) hamda endo va ekto parazitlarga qarshi (Alfa-Shakti, Buliver, PestKil) peritroid preparatlarining organizmdagi toksik ta’sirini aniqlash hamda Mikotoksinlar va ularning qishloq xo‘jalik hayvonlariga bo‘lgan ta’siri mavzusida ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Laboratoriya tashkil etilgandan boshlab hozirgacha 500 dan ortiq ilmiy maqolalar, tavsiyanomalar, broshyuralar chop etildi va 10 dan ortiq patentlar olingan. Laboratoriya materiallari asosida 50 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.