Telefon: +998 66 666-56-30

, ,

Yakkabog‘ tumanida epizootik barqarorlikni ta’minlash borasidagi tadbirlar o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, 16-sentyabr kuni respublika Ishchi guruhi tomonidan Yakkabog‘ tumanida o‘rganish ishlari olib borildi. Tadbirda Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo tajriba stansiyasi direktori X.U.Murodov ham ishtirok etib, tuman tizimidagi veterinariya uchastkalarining epizootik holatini atroflicha tahlil qildi.

📊 Tumanning chorvachilik salohiyati va safarbar etilgan kuchlar
Bugungi kunda Yakkabog‘ tumanida 112 267 bosh yirik shoxli, 162 020 bosh mayda shoxli mollar, 3 163 bosh ot, 1 652 bosh eshak, 398 638 bosh parranda hamda 33 015 bosh it va mushuklar mavjud.
Hududdagi 2 ta shahar, 58 ta mahalla va 129 ta qishloqda epizootik tadbirlarni sifatli o‘tkazish uchun 11 ta veterinariya uchastkasi, 5 ta maxsus guruh hamda 33 nafar mutaxassis jalb etilgan.

💉 2026-yilda amalga oshirilgan profilaktik emlashlar:
Kuydirgi (Sibir yarasi)ga qarshi: 60 097 bosh YShM, 69 378 bosh MShM, 1 703 bosh ot va 761 bosh eshak;
Oqsil kasalligiga qarshi: 35 080 bosh YShM va 27 840 bosh MShM;
Nodulyar dermatitga qarshi: 31 700 bosh YShM;
Qorason kasalligiga qarshi: 17 500 bosh YShM;
Quturishga qarshi: 12 360 bosh it.

🔍 O‘rganish natijalari va berilgan topshiriqlar
Ishchi guruh «Oqtosh» MFYdagi veterinariya uchastkasi faoliyatini, xususan, vaksinalarning saqlanish harorati, hujjatlarning yuritilishi va aholi o‘rtasidagi targ‘ibot ishlarini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, hududdagi «Oqtosh kelajagi» MCHJga Mo‘g‘uliston davlatidan keltirilgan «Bayat» zotli qo‘ylarni chechak kasalligiga qarshi emlash jarayoni nazorat qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Mas’ullarga kuzgi profilaktika tadbirlarini «mahallabay» va «ko‘chabay» usulida, birinchi navbatda chegara hududlar hamda chorvachilik fermer xo‘jaliklarida grafik asosida tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan