Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi raqamli Ilmiy kengaş qoşidagi Ilmiy seminarda dissertatsiya işi taqrizçilar tomonidan yuqori baholandi va keyingi bosqichga tavsiya etildi.
2026-yil 28-oktabr kuni soat 14:00 da Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi raqamli Ilmiy kengaş qoşidagi Ilmiy seminarda SamDVMCHBU Toşkent filiali mustaqil izlanuvçisi Ergashev Nodir Bahodiroviçning veterinariya fanlari böyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun yozilgan dissertatsiya işining muhokamasi bölib ötdi.
Tadqiqotçi 16.00.03 – “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi” ixtisosligi böyicha bajarilgan “Qöylar klostridiozlariga qarşi vaksinalarni immunostimulyator va vitaminlar bilan birga qölab samaradorligini aniqlaş” mavzusidagi dissertatsiya işi yuzasidan öz taqdimotini bayon qildi.
Seminar raisi professor O.U. Kuldoşev başçiligida raqamli tizim imkoniyatlaridan foydalangan holda yuqori saviyada taşkil etildi:
- Ilmiy taqdimot: Izlanuvçi qöylar klostridiozlariga qarşi vaksinalarning immunogenlik xususiyatlarini oşirişda immunostimulyator va vitaminlar kompleksining ta’sir kuçini zamonaviy va ilmiy yondaşuvlar asosida isbotlab berdi.
- Seminar a’zolarining savollari: Taqdimot yakunida raqamli Ilmiy kengaş qoşidagi seminar a’zolari va soha olimlari tomonidan mavzuning amaliy ahamiyati, vaksinalarning dozalari va olingan iqtisodiy samara yuzasidan qator dolzarb savollar berildi.
- Atrofliça javoblar: Tadqiqotçi N.B. Ergashev seminar a’zolari tomonidan yöllangan barça savollarga ilmiy jihatdan mukammal va atrofliça javob qaytardi.
Taqrizçilarning ijobiy bahosi:
Seminar yakunida rasmiy taqrizçilar — veterinariya fanlari böyicha falsafa doktori R.M. Uraqova hamda veterinariya fanlari böyicha falsafa doktori A. Xatamov sözga çiqib, tadqiqotçining dissertatsiya işini yuqori baholadilar. Taqrizçilar öz ma’ruzalarida dissertatsiya işining barça talablarga töliq javob berişini, undagi ilmiy yangiliklar va xulosalar asosli ekanligini ta’kidlab, tadqiqot yuzasidan özlarining ijobiy taqrizlarini bayon etişdi.
Raqamli Ilmiy kengaş qoşidagi Ilmiy seminar a’zolari dissertatsiya işining sifati va taqdim etilgan natijalarni yakdillik bilan ma’qullab, uni keyingi rasmiy himoya bosqichiga tavsiya etişga qaror qildilar.











Fikr bildirish