Telefon: +998 66 666-56-30

VIRUSOLOGIYA LABORATORIYASI

Virusologiya laboratoriyasining tarixi

Virusologiya laboratoriyasi 1970 yilda qo‘ylar kasalliklarini o‘rganish laboratoriyasi hisobida tashkil etilib, 1974 yilgacha Epizootologiya bo‘limi tarkibida bo‘lgan. Ammo, maxsus virusologiya laboratoriyasi tashkil bo‘lganigacha virusologik tadqiqotlar: 1950 yillardan boshlab juft tuyoqli hayvonlarining oqsil kasalligining tarqalishi, uni diagnostikasi va unga qarshi maxsus profilaktika vositalarini yaratish asosida unga qarshi kurashni takomillashtirish veterinariya fanlari doktori – Q. O.Orifjonov, veterinariya fanlari nomzodi – V.T.Plotnikov rahbarligida oqsil kasalligini o‘rganish laboratoriyasida,  qo‘ylarning virusli aborti veterinariya fanlari nomzodi G‘. N.Nosirov mudirligida qo‘y kasalliklarini o‘rganish laboratoriyasida va   parrandalarning Nyukasl kasalligini tarqalishi va unga qarshi kurashni takomillashtirish parrandalar kasalliklarini o‘rganish laboratoriyasida ilk davrlarda O.U.Xashimov rahbarligida, 1990 yildan boshlab, to umrining oxirigacha veterinariya fanlari doktori  F.A.Niyazov tomonidan  olib borilgan.

Institut tashkil bo‘lgandanoq, infeksion kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha institutda katta xalq xo‘jalik ahamiyatiga molik tadqiqotlar o‘tkazilgan. I. A.Dukalov va I.S.Polkovnikova  birinchi bo‘lib, echkilarning plevropnevmoniyasini  virus qo‘zg‘atishini aniqlagan, ammo zamonaviy virusologik usullarni  paydo bo‘lishi evaziga, keyinchalik bu kasallikni mikoplazma qo‘zg‘atishi isbotlangan. Ushbu kasallikka qarshi yuqori samarali vaksina yaratgani (F.D.Lukashenko, S. P.Ilinov) hamda kasallikni mamlakat hududida tugatgani uchun, o‘tgan asrning 40- yillarida vaksinaning mualliflaridan biri  F.D.Lukashenko Davlat mukofoti laureatiga sazovor bo‘lgan. 

Virusologiya  laboratoriyasida (1970  y.) tadqiqotlar 2 yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan:

  • qo‘ylarning homila tashlash kasalligi sabablarini o‘rganish va unga qarshi kurash tizimlarini yaratish;
  • quturish kasalligining o‘lka epizootologiyasini o‘rganish va uni maxsus profilaktikasini takomillashtirish.

Qo‘ylarning homila tashlash kasalligi sabablari virusologik, serologik tekshirishlar natijasida, uni xlamidiyalar qo‘zg‘atishi isbotlangan va 4 ta mahalliy shtammlar ajratilgan, ularning kultural, serologik va patogenlik xususiyatlari o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida avval A. A. Abdusattorov va R. Qurbonov   nomzodlik, keyinchalik 2000 yilda  A. A. Abdusattorov doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar.

 Quturish kasalligining o‘lka epizootologiyasi  1970 yillardan boshlab N. M. Mamatov, J. M. Alimov va 1971 yilda Xazratqulovlar tomonidan  o‘rganilgan.

1974 yilda virusologiya laboratoriyasidan quturish kasalligini o‘rganish laboratoriyasi ajralib chiqqan. Laboratoriyaga 1974 yildan 1998 yilgacha N.M. Mamatov mudirlik qilgan. O‘sha davrda barcha tur hayvonlar orasida kasallikning o‘lka epizootologiyasi,  diagnostikasi o‘rganilgan, ushbu kasallikning maxsus oldini olish maqsadida sobiq  Butunittifoq veterinariya preparatlarini nazorat qilish instituti bilan hamkorlikda suyuq faolsizlantirilgan O‘zNIVI-VGNKI vaksinasi yaratilgan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida  1990 yil N.M. Mamatov  doktorlik,  T. Xazratqulov    (1988) va M.N. Mamatovalar  (1997) nomzodlik dissertatsiyalari yoqlaganlar.

Oqsil kasalligini o‘rganish laboratoriyasi 1960 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ilk davrlarda epizootologik, keyinchalik virusologik  bo‘lim tarkibiga kirgan. Ushbu kasallik bo‘yicha tadqiqotlar ilk davrlarda (1950 y) oqsilga qarshi ekspeditsiya xodimlari tomonidan olib borilgan. Laboratoriyaga 1960 – 1992 yillar davomida V.T. Plotnikov mudirlik qilgan. Laboratoriyada  Q. O. Orifjonov,  S. I. Voinovlar (1950-1957 y. ) Butunittifoq eksperimental veterinariya instituti bilan hamkorlikda ushbu kasallik virusidan oqsilga qarshi alyumin gidrooksidli formol vaksina tayyorlagan va 20-50 mingdan 350-400 mingacha moyil hayvonlar emlangan.

1954-1955 yillarda oqsilga qarshi teri orasiga vaksina yuborish usuli ishlab chiqilgan va natijada emlash doza miqdori 2,5-4 marta kamaygan hamda qoramollar uchun 1 mln doz vaksina iqtisod qilingan.

Q. O. Orifjonov L.S. Ratner, S.I. Voinovlar oqsilga qarshi vaksina tayyorlashga kerak bo‘lgan virus materialini ko‘p miqdorda olish uchun 1955 yildan boshlab epizootik virus shtammlarini 2-7 kunlik quyon bolalarini zararlash orqali  yangi tug‘ilgan quyonchalarga  maslashtirgan (o‘rgatgan). Qo‘ydan ajratilgan “O” tur virus shtammini 6-8 kunlik quyon bolalariga ko‘p marta passaj qilish natijasida 1956 yilda yangi vaksina shtammi “Rayxon” yaratilgan, u o‘zining virulentligi, immunogenligi bilan boshqa epizootik virus shtammlaridan farq qilgan. Ushbu virusdan sobiq Ittifoqda tirik virus-vaksina “Rayxon” yaratilgan (Q. O. Orifjonov). Har yili 550-800 ming oqsilga moyil juft tuyoqli hayvonlar “Rayxon” vaksinasi bilan emlangan  va 1947-1953 yillarga nisbatan 1,7 marta kasallanish kamayishiga erishilgan.

Oqsil laboratoriyasi tashkil bo‘lgandan keyin kasallik  epizootologiyasi, virus turlari va serovariantlari bo‘yicha tadqiqotlarni  V.T. Plotnikov, A.F. Volkov, 1970 yillardan keyin emlangan hayvonlardagi immunologik himoya indeksini aniqlash bo‘yicha veterinariya fanlari nomzodlari  V.T. Plotnikov, B. Quchqorov, M.Yu. Yunusov, B. B. Xasanov, S.Sh. Faxrutdinova va  A.F. Volkovlar, 1990 yillardan boshlab S.A. Ashurov  faoliyat ko‘rsatishgan.

Oqsil virusini O‘zbekistonning tashqi sharoitida faolligini  o‘rganish bo‘yicha ham katta va samarali tadqiqotlar o‘tkazilgan hamda virus bilan ifloslangan xashakdan issiq may-sentabr oylarida kasallikka qo‘yilgan karantinni olgandan 30 kun keyin, boshqa oylarda esa, 90 kundan so‘ng foydalanish mumkinligi to‘g‘risida tavsiya berilgan (S.I. Voinov).

1992 yilda “Oqsil” va “Quturish kasalligini o‘rganish” laboratoriyalari birlashtirilgan va u “O‘ta xavfli kasalliklarni o‘rganish laboratoriyasi” nomi bilan yuritilgan va unga 1992-1998 yillar davomida  veterinariya fanlari doktori N.M.Mamatov rahbarlik qilgan.

Qoramollarning leykoz muammosi bilan 1971 yildan boshlab epizootologiya bo‘limining mikrobiologiya laboratoriyasi tarkibida biologiya fanlari nomzodi X.S. Salimov, 1972-1976 yillar davomida esa, veterinariya fanlari doktori, professor F.I. Ibadullaev rahbarligida leykoz va patomorfologiya laboratoriyasi tarkibida  X.S. Salimov tadqiqotlar olib borgan. 1977 yildan boshlab X. S. Salimov rahbarligida leykoz laboratoriyasi patomorfologiyadan ajralib mustaqil laboratoriya bo‘lib faoliyat yuritgan.

Leykoz laboratoriyasi tashkil etilgandanoq ushbu kasallikning o‘lka epizootologiyasi, uning har xil zotli qoramollarda tarqalish darajasi X.S. Salimov, katta ilmiy xodim  X.Rasulov, F.Xalikov, kichik ilmiy xodim M.K. Butaev  va  ilmiy xodimlar Q.A. Nezametdinova, S.N. Primov, Z.E. Ro‘zievlar tomonidan o‘rganilgan. Laboratoriyada  leykoz bilan kasallangan qoramollardan virus ajratish, virusning tabiiy sharoitda  organizmdan ajralish va organizmga kirish yo‘llari, uning tarqalishida qon so‘ruvchi hasharotlarning, sutning va qon olish jarayonlarida aseptik va antiseptik  tadbirlarning roli, gematologik, patologoanatomik va serologik diagnostika, gematologik differensial diagnostika, har xil zot qoramollarning leykoz virusiga moyilligi, leykoz virusining qo‘y va qora ola, bushuev va aborigen qoramolarda  etiologik roli  o‘rganilgan.

Leykoz laboratoriyasida chuqur va kengqamrovli  o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida  dunyoda birinchilar qatorida leykoz kasaliga duchor bo‘lgan qoramollardan onkornavirus ajratildi, uning morfologik, patogenlik, antigenlik, immunogenlik  xususiyatlari o‘rganildi va tajribalarda shu virusning etiologik roli qoramollarda va qo‘ylarda isbotlandi hamda fanda tamoman yangi onkovirusologiya yo‘nalishini paydo bo‘lishiga va uni rivojlanishiga katta hissa qo‘shildi. Onkovirusning organizmdan ajralish va organizmga kirish hamda qoramollar orasida tarqalish yo‘llari  aniqlandi.  Birinchilar qatorida leykoz virusining qon so‘ruvchi hasharotlar (so‘na), yatrogen yo‘li (vrach yordamida), sut va siydik bilan bir moldan ikkinchisiga o‘tish mumkinligi isbotlandi (X.S. Salimov, M.Q. Bo‘taev). Virusni hujayralar kulturasida ko‘paytirib, virusdan antigen tayyorlash texnologiyasi (X.S. Salimov, M.Q. Bo‘taev, Yu.I. Mamajonov, Q.A. Nezametdinova) va nihoyat kasallikni immunodiffuziya reaksiyasida serologik diagnostika qilish usuli ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.  X. S. Salimov rahbarligida cheksiz chirmashib o‘suvchi hujayralar kulturasida qoramollar leykoz virusini ko‘paytirish evaziga undan leykoz antigeni diagnostikumi tayyorlandi va bu leykoz diagnostikum to‘plami ushbu infeksiyani qoramollar orasida tarqalishini  Respublika viloyatlari xo‘jaliklarida aniqlash uchun serologik diagnostikada qo‘llanildi.

O‘zbekistonda yaratilgan va mamlakat iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan mahalliy qoramollardan bushuev va shvislashgan zotlarni leykoz kasalligi virusiga nisbatan chidamliligi nazariy asoslandi va amaliy isbotlandi va shu kasallikni oldini olish va unga qarshi kurash tadbirlarining ilmiy asoslangan tizimlari  ishlab chiqildi.

Laboratoriya xodimlarining amaliyotda faoliyot olib borayotgan  veterinariya mutaxassislariga, ayniqsa Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari va Qorqalpog‘iston Respublikasi chorvadorlariga  leykoz kasalligiga qarshi kurash bo‘yicha ko‘rsatgan ilmiy-amaliy yordamlari evaziga nosog‘lom xo‘jaliklar o‘z vaqtida sog‘lomlashtirildi va ushbu kasallikdan keladigan iqtisodiy ziyon keskin kamaydi.

Bajarilgan tadqiqotlar natijasida virusologiya laboratoriyasida 7 kishi doktorlik:Q.O.Orifjonov, X.S.Salimov, N.M.Mamatov, F.A.Niyazov, J.A.Alimov, A.A.Abdusattorov, M.N.Mamatova va 25 kishi: V.T.Plotnikov, G‘.N.Nosirov, B.Qo‘chqorov, M.Q.Butaev, S.A.Ashurov, T.Xazratqulov,  K.A.Nezametdinova,  Yu.I.Mamadjanov, Z.E.Ruziev, S. N.Primov, Sh.Q.Qurbonov, M.N.Mamatova, S.I.Markova, B.Axmedov, Sh.Durdiev, G‘.A.Mengliev, A.S.Mengliev va boshqalar nomzodlik dissertatsiyalari yoqladilar.

 1998 yilda “O‘ta xavfli kasalliklarni o‘rganish” va “Leykoz” laboratoriyalari birlashtirilib, yana virusologiya laboratoriyasi tashkil bo‘lgan va shundan beri unga veterinariya fanlari doktori, professor X.S. Salimov rahbarlik qilib kelmoqda.

Laboratoriya mudiri Salimov Xait Salimovich

Veterinariya fanlari doktori, professor

Virusologiya laboratoriyasi olimlari hayvonlarning quturish, leykoz va oqsil kasalliklari epizootologiyasi, diagnostikasi, immunodiagnos-tikasi, maxsus profilaktikasi  va ularga qarshi kurash tadbirlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.

Laboratoriya xodimlarining tadqiqotlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Odamlar va xayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurash tadbirlarini kuchaytirish xaqida» 1996 yil 18 yanvarda maxsus qarorivaO‘zbekiston Qishloq va Suv Xo‘jaligi Vazirligining «Respublika  chorvachiligida quturish kasalligi tarqalishining oldini olish chora tadbirlari haqida» 2005 yil 2 aprelda 78sonli buyrug‘i dasturiy amal bo‘lib xizmat qiladi.

Laboratoriyada patentlar bilan himoyalangan quturish fiks-virus «0-73-02» shtammi  olingan va undan barcha qishloq xo‘jalik (qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa, ot, eshak, tuya) va uy (it, mushuk) hayvonlarini quturishga qarshi emlaydigan “Suyuq faolsizlantirilgan vaksina”, “Yovvoyi hayvonlarni va it, mushuklarni og‘iz orqali emlaydigan donador antirabik vaksina” hamda “Quturishga qarshi giperimmun qon zardobi” ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.

VITI da yaratilgan «Hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi suyuq faolsizlantirilgan  vaksina»  O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida amaliyotga joriy qilingan. Har yili o‘rtacha 500-800 ming doza vaksina ishlab chiqarilgan va Respublikaning barcha viloyatlaridagi qishloq xo‘jalik va uy hayvonlari emlangan. Yangi yaratilgan quturish kasalligiga qarshi suyuq faolsizlantirilgan vaksina amaliyotda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi va amaliyotdagi barcha veterinariya mutaxassislarining maqtov va olqishlariga sazovor bo‘ldi. Ushbu vaksinani  xar yili quturish kasalligi kuzatilayotgan xududlarda qo‘llash iqtisodiy foydali, chunki bu vaksina ekologik toza, virus to‘liq faolsizlantirilgan va hamma turdagi xayvonlar emlanadi va xorijdan keltirilayotgan vaksinalarga nisbatan 3-5 marta arzon, bir marta emlanadi, immunitet nisbatan tez  hosil bo‘ladi va 12 oy davom etadi. Yillik iqtisodiy samaradorlik  150 mln so‘mni (2000 yillardagi narxlar hisobida) tashkil etgan.

“Yovvoyi hayvonlarni va it, mushuklarni og‘iz orqali emlaydigan donodor antirabik vaksina” Respublikaning Samarqand, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari hududlarida ishlab chiqarish sinovidan o‘tgan. Vaksina og‘iz orqali yovvoyi hayvonga yoki itga berilganda hayvon uni ishtaha bilan yeyishi aniqlangan, chunki uni tarkibida go‘sht va un bor. Bir dona vaksina bir marta berilganda, quturishga qarshi immunitet 12 oy davom etgan.

Bu vaksinalarni tayyorlash va nazorat etish bo‘yicha Qo‘llanma, Texnik Shartlari va ularni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma) QSXV huzuridagi Davlat veterinariya Bosh boshqarmasining Ilmiy Texnik Kengashida ma’qullangan va ishlab chiqarishga joriy etish uchun tasdiqlangan hamda uni qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olinganva  amaliyotga joriy qilish uchun “Litsenziya”  berilgan.  

Laboratoriya xodimlarining quturish bo‘yicha veterinariya amaliyotiga bergan ilmiy-amaliy yordami natijasida hamda VITI da yaratilgan barcha tur hayvonlarni parenteral emlaydigan suyuq faolsizlantirilgan va yovvoyi hayvonlarni, it, mushuklarni  og‘iz orqali emlaydigan donador antirabik vaksinalarni amaliyotda qo‘llash, shuningdek Respublika viloyatlari, tumanlarida  veterinariya xizmati uchun qariyb odat tusiga kirgan “quturishga qarshi kurash oyligi” da ushbu kasallikni tabiatda asosiy  tarqatuvchi itlarni quturishga qarshi ommaviy emlash evaziga,   ushbu kasallik oxirgi 15 yil davomida Respublikada 24 barobar   kamaydi.

 Laboratoriya xodimlari 2008 yil O‘zbekiston Respublikasi patent idorasi tashkil bo‘lganining 15 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan eng yaxshi intelektual mulk ob’ekti uchun Respublika tanlovida “Eng yaxshi ixtiro”nominatsiya bo‘yicha yagona 3darajali Diplom bilan taqdirlangan.

         X.S.Salimov  tomonidan hayvonlarning infeksion kasalliklari bo‘yicha ilmiy maktab yaratilgan. U kishining ilmiy rahbarligida Murtazin B. F., X. O. Xamdamov, Mamatova M.N., Mamadullaev G.X. doktorlik va Butaev M.Q., Nezametdinova Q.A., Mamajanov Yu.M., Ruziev Z.U., Primov S,N. Qurbonov Yu., Mengliev G‘.A. Menliev A.S., Xatamov A.X., Bozorov A.X., Zubaydov F.F. nomzodlik dissertatsiyalari yoqladilar. Ular tomonidan 800 dan ortiq maqola, 2 ta monografiya va 4 ta kitoblar: oliy o‘quv yurti talabalari uchun 37,5 bosma tabog‘li , “Epizootologiya” darsligi, 16 bosma tabog‘li “Veterinariya mutaxassislari uchun qisqacha ma’lumotnoma” va 17,5 bosma tabog‘li “Parranda kasalliklari” fanlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, 13 bosma tabog‘li “Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasiga oid izohli lug‘at va ma’lumotnoma”, 740 betli “Epizootologiya va infeksion kasalliklar” darsligi  hamda oqsil kasalligi  bo‘yicha risolasi chop etilgan.Infeksion  kasalliklar: leykoz, oqsil, quturish, kuydirgi, qorason, brusellyoz, pasterellez,  nekrobakterioz, kolibakterioz, salmonellyoz, nodulyar dermatit va b.infeksion kasalliklar  bo‘yicha 40 dan ortiq Uslubiy Tavsiyalar, Qo‘llanmalar, Texnik Shartlar, Yo‘riqnomalar, Tizimlar, Ko‘rsatmalar, Davlat Dasturlari ishlab chiqilgan, DVBB, VChRDQ Ilmiy –Texnik Kengashlarida tasdiqlangan  hamda amaliyotga  joriy qilingan. Kuydirgi o‘choqlari kadastri, kartogrammasi va  pasport shakli viloyatlar va tumanlar kesimida ishlab chiqilgan viloyatlar veterinariya boshqarmalari, DSENM va VITI olimlari tomonidan tasdiqlangan hamda o‘choqlarning geografik koordinatlari aniqlangan va amaliyotga joriy qilingan. 

         Laboratoriyaning ilmiy mahsulotlari:

         1.Patentlar soni-8 ta

         2. Texnologik mahsulot -5ta:

           a).Suyuq faolsizlantirilgan antirabik vaksina;

          b). Og‘iz orqali emlaydigan donador antirabik vaksina;

          v). Geterogen  giperimmun qon zardobi  (5-8 kunlik profilaktik samara beruvchi)

          g). Monomaxsus giperimmun qon zardobi  (diagnostik samara beruvchi)

          d). Kultural leykoz virusi antigeni   (Immunodiffuziya reaksiyasi uchun)

          3. Monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar  – 10 ta

          4. Maqolalar – 850

          5. Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi– 7

          6. Nomzodlik dissertatsiyasi himoyasi– 25

  Keyingi 15 yilda amaliyot uchun yaratilgan biologik preparatlar:

1. Hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi suyuq   faolsizlantirilgan vaksina

2. Yovvoyi hayvonlarni va itlarni og‘iz orqali emlaydigan   donador antirabik vaksina

3.  Hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi giperimmun qon  zardobi

4. Qoramollarni immunodiffuziya reaksiyasi (IDR) usulida serodiagnostika qilish uchun leykoz diagnostikumi to‘plami

5.  Qoramollarni immunoferment tahlil (IFT) usulida  serodiagnostika qilish uchun leykoz diagnostikumi to‘plami

Keyingi 15 yilda Ilmiy-Texnik Kengashda tasdiqlangan ilmiy texnik hujjatlar va tavsiyalar:

1. Xayvonlarning quturish kasalligiga qarshi suyuq faolsizlantirilgan vaksinani tayyorlash bo‘yicha Texnik Shartlar.

2. Xayvonlarning quturish kasalligiga qarshi suyuq faolsizlantirilgan  vaksinani tayyorlash va nazorat qilish bo‘yicha Qo‘llanma.

3. Xayvonlarning quturish kasalligiga qarshi suyuq faolsizlantirilgan vaksinani qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma

4. Donador antirabik vaksinani tayyorlash va nazorat qilish       bo‘yicha Qo‘llanma 

5. Donador  antirabik vaksinani tayyorlash bo‘yicha Texnik  Shartlar

6. Donador  antirabik vaksinani qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma        

7. Qoramollarning  leykoz kasalligini diagnostikasi bo‘yicha   

    Uslubiy  Ko‘rsatma

8. Qoramollarda leykoz infeksiyasini aniqlash uchun immunodiffuziya (IDR) reaksiyasini  qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma

   9. Qoramollarda leykoz infeksiyasini aniqlash uchun immunoferment tahlil  reaksiyasini (IFT) qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma

10. Qoramollarning leykoz kasalligiga qarshi kurash tadbirlari haqida   Qo‘llanma

11. Qoramollarning leykoz kasalligiga qarshi kurash            tadbirlarining ilmiy asoslangan Tizimlari

12. Qoramollarning leykoz kasalligiga chidamli zotlar seleksiyasi bo‘yicha Uslubiy  Tavsiyanoma

13. Qoramollar leykoz kasalligini gematologik o‘xshash kasalliklardan  differensiatsiya qilish bo‘yicha Ko‘rsatma

14. Qoramollar leykoz kasalligini piroplazmidoz va anaplazmozdan kliniko-gematologik farqlash bo‘yicha Uslubiy Tavsiyanoma

   15. Hayvonlarning quturishiga qarshi kurash tadbirlari haqida   Qo‘llanma

16. Hayvonlarning quturishiga qarshi takomillashtirilgan kurash tadbirlari bo‘yicha  Tavsiyanoma

17. Hayvonlarning quturish kasalligiga qarshi kurash tadbirlarining ilmiy asoslangan Tizimlari

18. Oqsil kasalligini oldini olish va uni chegaradosh davlatlardan kirib kelishiga qarshi chora tadbirlar  bo‘yicha  Tavsiyanoma

19. Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oqsil kasalligiga qarshi emlash sxemasi bo‘yicha Uslubiy Tavsiyanoma

20. Oqsil kasalligini qattiq fazli immunoferment tahlil reaksiyasida  organizmdagi strukturasiz oqsillarga qarshi antitelolarni aniqlash  usulida diagnostika qilish bo‘yicha Uslubiy Tavsiyanoma

21. Qoramollar efemer isitmasi  kasalligiga qarshi kurashish tadbirlari haqida Yo‘riqnoma.

22. Qoramollarning nodulyar dermatit kasalligi diagnostikasi, uni  davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari bo‘yicha Uslubiy  Tavsiyanoma

23. Hayvonlarning kuydirgisiga qarshi kurash va oldini olish bo‘yicha Uslubiy   Tavsiyanoma

24. Hayvonlarning kuydirgi  kasalligiga qarshi kurashish bo‘yicha  ilmiy asoslangan tadbirlar Tizimi

25. Kuydirgi kasalligi bo‘yicha nosog‘lom manzilning Pasporti

26. O‘zbekiston Respublikasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi,  Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida mavjud kuydirgi o‘choqlarining Kadastr va  Kartogrammasi.

27.Hayvonlar brusellyoz kasalligining diagnostikasi bo‘yicha ilmiy asoslangan Tizim

28. Qo‘y-qo‘zi va buzoqlar kolibakteriozi diagnostikasi, uni davolash va profilaktika qilish bo‘yicha Uslubiy  Tavsiyanoma

29. Tovuq eymeriozi  va enterobakteriozlarini oldini olish, davolash hamda  ularga qarshi kurashishning kompleks chora tadbirlari bo‘yicha Tavsiyalar

30.Nekrobakterioz kasalligiga qarshi kurash chora-tadbirlari bo‘yicha  Tavsiyanoma

Amaliyotga  yordam:  1. Virusologiya laboratoriyasi xodimlari muntazam ravishda Samarqand, Navoiy, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxandaryo, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘ston Respublikasi tumanlari, chorvachilik xo‘jaliklari veterinariya mutaxassislariga  quturish, oqsil, leykoz, kuydirgi, nodulyar dermatit, efemer isitmasi va boshqa infeksion kasalliklar  bo‘yicha uslubiy,  ilmiy – amaliy yordam ko‘rsatadilar.

2. Qo‘p yillar davomida Respublika viloyatlarida qishloq xo‘jalik hayvonlarini quturishga qarshi emlashga uchun  700-1200 litr suyuq faolsizlantirilgan va yovvoyi hayvonlarni, daydi itlarni og‘iz orqali emlash uchun  500-600 doza donador antirabik vaksina ishlab chiqarilgan va amaliyotga realizatsiya qilinib kelingan.

3. Virusologiya, mikrobtiologiya va epizootologiya bo‘yicha fan yangiliklari muntazam ravishda radio, televidenie gazeta va jurnallar orqali keng jamoatchilikka targ‘ibot va tashviqot qilib turiladi.

4. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Veterinariya meditsinasi yo‘nalishi bo‘yicha Epizootologiya va infeksion kasalliklar fanidan bakalavr, magistrantlarga va malaka oshirishga amaliyotdan  kelgan mutaxassislarga  ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar berish evaziga yuqori malakali veterinariya vrachlarini tayyorlashga muhim hissa qo‘shilmoqda.