2026-yil 30-oktabr kuni Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/2025.27.12.V.12.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Otegenova Shirinbike Kobesinovnaning 03.00.06 – “Zoologiya” (veterinariya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.
Tadqiqotchi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududlarida qoramollar teleriozini epizootologik holati, davolash va profilaktikasining zamonaviy usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi ma’ruzasi yuzasidan Kengash a’zolari tomonidan berilgan barcha savollarga ilmiy asoslangan, ijobiy javoblar berdi.
Majlisda rasmiy opponentlar — professor A.Gafurov va katta ilmiy xodim X.Safarov tomonidan tadqiqot ishiga doir ijobiy taqrizlar o‘qib eshittirildi va ishning amaliy hamda ilmiy qiymati yuqori baholandi.
Ilmiy kengashning yakuniy xulosasiga ko‘ra, dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli deb topilib, Otegenova Shirinbike Kobesinovnaga veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish yuzasidan Oliy attestatsiya komissiyasiga (OAK) barcha Kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan ijobiy xulosa berishga qaror qilindi.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi tadqiqotchini ushbu ulkan ilmiy yutuq bilan muborakbod etadi va kelgusi faoliyatida zafarlar tilaydi!
Muassasa koordinatalari:
- Manzil: 141500, Samarqand viloyati, Toyloq tumani, Charog‘bon MFY, Yangi Toyloq 1 qishlog‘i, 67-uy. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
- Aloqa telefoni: (99866) 666-56-30
- Elektron pochta: nivi@vetgov.uz












Fikr bildirish