Telefon: +998 66 666-56-30

APROBATSIYA KOMISSIYASIDAN TAJRIBA O’TKAZISHGA RUXSAT OLINDI

Avval xabar berganimizdek Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Tayanch doktoranti Gulniso Abduraimova ilmiy rahbari professor B.A.Elmurodov rahbarligida Gelitropning qishloq xoʻjalik hayvonlari organizmiga zaharli taʼsir koʻrsatishini laboratoriya sharoitida sinab koʻryapti.

Dastlab o’simlikning toksik ta’sirini quyonlar organizmiga qanday ta’sir qilishi ustida tadqiqotlarni boshlab yubordi, Ushbu tadqiqotlar institutning aprobatsiya komissiyasi a’zolari ishtirokida amalga oshirildi, quyonlar to’rt guruhga bo’linib o’simlikni har xil miqdorda ozuqa yemiga qo’shilib berilmoqda.
Doktorant Komissiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga javob berdi va ular tomonidan berilgan takliflar asosida tajriba davomiyligi belgilanib olindi, tajribani o’tkazishga rasman ruxsat olindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan