Telefon: +998 66 666-56-30

Asalari oilasi qishlovdan omon chiqdi

Asalari oilasi qishlovdan omon chiqdi

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti «Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklarini o’rganish» laboratoriyasining tajribalar olib borish uchun parvarishlanayotgan ikki quti asalari oilasi qishlovdan omon chiqdi.

Ushbu laboratoriya mudiri v.f.f.d., katta ilmiy xodim Sh.K.Baliyevning sa’yi harakatlari bilan asalarichilikdagi ayrim muammo va kamchiliklar, asalarilarda uchraydigan yuqumli, parazitar va yuqumsiz kasalliklar muntazam o’rganilib oldini olish va zamonaviy profilaktika tadbirlari takomillashtirilib borilmoqda.

Laboratoriya mudirining aytishicha, institutdan tashqarida ham faol asalari oilasini ko’paytirish ishlari olib borilmoqda va natijada kelgusi yillardan institut xodimlariga sifatli va ekologik toza asal yetkazib berishni yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.

🏛VITI Axborot va matbuot xizmati.
👉https://t.me/viti_rasmiy
Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan