Telefon: +998 66 666-56-30

ASALARIDAN OʻRNAK OLGAN, MEHNAT TATILIDA HAM DAM OLMAYDIGAN OLIMANING BIR KUNI

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasi kichik-ilmiy xodimi v.f.f.d. Uraqova Ruqiya Mamaraximovna “Orzu Olim Dilmurod asalari” asalarichilik kompleksida bo’lib o’tgan “Atrof muhitni muhofazasi, yashil makon barpo etishning asalaichilikni rivojlantirishdagi roli” mavzusidagi ilmiy va amaliy semenar yig’ilishida ishtirok etdi.

Tadbirda Asalarichilik sohasida faoliyat olib borayotgan bir guruh olimlar asalarichilik xoʻjaliklarining vakillari ham ishtirok etishdi, juda yuqori tayyorgarlik bilan tashkil etilgan tadbir bayramona ruhda boʻlib oʻtdi.

Ushbu ilmiy amaliy seminar doirasida SamDVMCHBU 2-bosqich tayanch doktoranti Abdullayev Jaloliddin Omonulla o’g’lining “Samarqand iqlim sharoitida boqilayotgan asalarilar mahsuldorligiga turli xildagi asalari uyalarining ta’siri” mavzusidagi aprobasiyasi ham tashkil etildi.

Institutimizning ilmiy xodimasi Respublika Olima ayollar kengashi aʼzosi R.M.Uroqova aprobasiyada faol ishtirok etdi va tadqiqotchiga oʻzining qimmatbaho fikr mulohazalarini bildirdi.

Tadbir soʻngida VITI kichik ilmiy xodimi v.f.f.d. Uraqova Ruqiya Mamaraximovna Mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlashda va yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda o’zining munosib hissasini qo’shib kelayotganligi munosabati bilan “Orzu Olim Dilmurod asalari” asalarichilik nasilchilik fermer xo’jalik raisi Orif Ilyasov tomonidan TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan