Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi “Qo‘shquduq Nurobod chorvasi” fermer xoʻjaligida ilmiy amaliy seminar boʻlib oʻtdi.


Ushbu xoʻjalikka Bayad zotli qoʻylar keltirilgan boʻlib seminar davomida qo‘ylarini iqlimga moslashuvini o‘rganish, seleksiya-naslchilik ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.


Seminarda asosiy ishtirokchilar sifatida Qo‘mita huzuridagi Veterinariya va chorvachilik sohasining pedagog hamda mutaxassis kadrlar malakasini oshirish instituti, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari jamoasi ishtirok etishdi.


«Bayat zotli qo‘ylarni profilaktika qilish va zootexniya tadbirlarni o‘tkazish» mavzusiga bagʻishlangan tadbir davomida, olimlar tomonidan naslli qo‘ylarning profilaktikasi va birlamchi zootexniya tadbirlari amalga oshirildi.


🏛VITI Axborot va matbuot xizmati.
👉https://t.me/viti_rasmiy
Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz.

Fikr bildirish