AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA PATENTSHUNOSLIK BO‘LIMI
Ushbu bo‘lim ish faoliyatini institut tashkil etilgan 1926- yillarda boshlagan va hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelmoqda. 1926-2021-yillar oralig‘ida institut kutubxonasi bilan birgalikda bir bo‘lim sifatida faoliyat yuritgan va “Ish yuritish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va patentshunoslik bo‘limi” deb nomlangan.
1978-2006 yillarda bo‘lim tarkibi bo‘limi boshlig‘i Usmonov U., patentshunos Axmadaliyeva L.X. mutaxassis Kamolova M. lardan iborat bo‘lgan va uzoq muddat namunali faoliyat yuritgan.
Keyinchalik 2012-2017-yillarga kelib bo‘limda kutubxonachi Usmonov U. “Ish yuritish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va patentshunoslik bo‘limi” boshlig‘i lavozimida, Axmadaliyeva L.X. patentshunos, Meliboyeva Z. mutaxassis lavozimida samarali ish olib borishgan. 2018-yilda mutaxassis sifatida A.Ulug‘murodov, 2019-yil mutaxassis N.Azimovalar ishlab bo‘lim rivojiga katta hissa qo‘shdi.
2021-yilga kelib, institutning kutubxonasi hamda ushbu bo‘lim alohida ajratilib, bo‘limning nomi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va patentshunoslik bo‘limi”ga o‘zgartirildi.
2021-2022-yillarda bo‘lim tarkibiga yana o‘zgartilishlar kiritilgan bo‘lib, bo‘lim boshlig‘i Sheraliyev B., patentshunos Axmadaliyeva L.X.,lar ishlagan.
2022-2024-10.-yillarda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va patentshunoslik bo‘limi boshlig‘i lavozimida D.Djurayeva, patentshunos Axmadaliyeva L.X., ish yurituvchi B.Azimboyevalarning faoliyatini alohida ta’kidlash lozim.
2024.10.dan bo‘limga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritildi. Hozirda bo‘lim boshlig‘i Xoliqova M., AKT mutaxassisi Umarov A., patentshunos Axmadaliyeva L.X., ish yurituvchi B.Azimboyevalar hozirgi kunga qadar faol va samarali ish olib bormoqdalar.
Patent bo‘yicha patentshunos Axmadaliyeva L.X. uzoq yillar samarali va namunali ishlab kelmoqda. 1971 yildan 2016-yilgacha 101 ta patent va mualliflik guvohnomalarini olgan. 2025 yilgacha 17 ta patent olgan 2025-yil hisobida 3 tasi olish jarayonida
Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida ushbu bo‘lim faoliyati muhim o‘rin tutadi va quyidagi vazifalarni o‘z zimmasiga oladi :
Institutga keluvchi hujjatlarning to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilishi va ijrochilarga topshirilishini ta’minlash;
Institutdan chiquvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
Direktor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni ma’lum qilish;
O‘zbekicton Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’atqarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat va telefaksxabarnomalarini ijrosini ta’minlash;
Institutga yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan barcha hujjatlarni belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatga olinishi, direktorga rezolutsiya uchun kiritilishi, ijrochilarga yetkazilishi, ijrosi ta’minlanishi va nazoratdan chiqarilishni shakllantirish va nazorat qilish;
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelga murojaatlarni belgilangan tartib va muddatlarda ro‘yxatga olinishi, direktorga rezolutsiya uchun kiritilishi, ijrochilarga yetkazilishi, ijrosi ta’minlanishi va nazoratdan chiqarilishini ta’minlash.

Bo’lim boshlig’i
Xoliqova Mashhura Abdug’ani qizi

Bo’lim mutaxasisi
Umarov Abdumalik Toxir o’g’li

Bo’lim patentshunosi
Axmadaliyeva Lola Xusanovna