Ilmiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sho‘basi haqida umumiy ma’lumot:
Asosiy vazifalari:
- Ilmiy kadrlar tayyorlash:
Doktorantura (PhD va DSc) ish dasturlarini hamda yakka tartibdagi rejalarni tashkil etish muvofiqlashtirish;
Ilmiy rahbarlar hamda tadqiqotchilar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish;
Ilmiy yo‘nalishlarga muvofiq ravishda kadrlar zahirasini shakllantirish va kengaytirish.
- Malaka oshirish va qayta tayyorlash:
Ilmiy xodimlar uchun malaka oshirish kurslari (maxsus seminarlar, treninglar, xorijiy stajirovkalar va h.k.);
Xalqaro tajriba almashish, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish imkoniyatlarini yaratish.
- Monitoring va tahlil ishlari:
Ilmiy tadqiqot ishlari samaradorligini baholash;
Ilmiy unvon va darajalar berish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
- Hamkorlik masalalari:
Xalqaro va mahalliy ilmiy markazlar, universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
Grant dasturlari va loyihalarda ishtirok etishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidanetining 2014 yil 10 fevraldagi PQ-2125 son O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2014 yil 13 fevraldagi 33-son va O‘zbeksiton qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab-chiqarish markazining 2024 yil 14 fevraldagi 6 son buyruqlari asosida O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi tasarrufida tashkil etilgan bo‘lib, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan) bunga muvofiq Samaraqand viloyati Toyloq tumanida joylashgan Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti (“institut” deb yuritilgan) Ushbu institutning to‘liq nomi quyidagicha Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti deb nomlangan shundan boshlab, institut tasarrufidagi ushbu bo‘lim 2014 yildan boshlab doktorantura bo‘limi tashkil etilgan.
Ushbu bo‘lim rahbarlari 2014-yildan 2017-qadar Isayev Jasur Muzaffarovich bo‘limni vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.
2017-2020 yillarda Isayev Jasur Muzaffarovich ilmiy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish sho‘basi mudiri bo‘lib faoliyat yuritgan.
2020-2021-yillar davomida Pulotov Faxridin Sayfidinovich ilmiy kadlarni tayyorlash va malakasini oshirish sho‘basi mudiri bo‘lib ishlagan.
2022-2024 avgust oyiga qadar yillar davomida Nabiyeva Naima Axmedovna ilmiy kadlarni tayyorlash va malakasini oshirish sho‘basi mudiri bo‘lib ishlagan.
2024 -yil avgustdan Hamraqulov Nuriddin Shokir o‘g‘li ilmiy kadlarni tayyorlash va malakasini oshirish sho‘basi mudiri bo‘lib ishlagan.
Joriy yil 2025 yilda Nabiyeva Naima Axmedovna ilmiy kadlarni tayyorlash va malakasini oshirish sho‘basi mudiri bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-sonli qarorlari asosida ishlab kelmoqda.
2021 yildan ilmiy kadlarni tayyorlash va malakasini oshirish sho‘basi bo‘limi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunda Veteranariya ilmiy tadqiqot institutida jami 12 nafar veternariya fanlar doktori shundan 5 nafari professor, 7 nafari katta ilmiy xodim unvoniga ega xodimlar hisoblanadi. Institutda jami 35 nafar veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori va fan namzodalari mavjud shundan 16 nafari unvoni mavjud xodimlar hisoblanadi.