Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasi institut tashkil etilgan yildan boshlab, hozirgi kunda qadar ilmiy xodimlarga samarali xizmat qilib kelmoqda.
1926-yildan 1988-yilgacha Ilmiy va texnik axborot bo’limi nomi bilan yuritilgan, ushbu yildan 2021-yilgacha institut kutubxonasi «Ish yuritish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va patentshunoslik boʻlimi» deb nomlangan va faoliyat yuritgan.
Biroq ushbu bo’lim faoliyatida 1968-yilgacha ishlagan rahbarlar va bo’lim xodimlari haqida yetarlicha ma’lumot topilmadi.
1968-1978-yillarda bo’lim boshlig’i sifatida veterinariya fanlari nomzodi Nurmatov Rustam Shomurodovich samarali faoliyat olib borgan, R.Sh.Nurmatovning tashabbusi bilan kutubxona faoliyati namunali tarzda rivojlangan va kutubxonaning asosiy fondi aynan ushbu yillar jamlangan.
1979-1988-yillarda E.A.Axber kutubxona uchun masʼul boʻlgan va (alfavit, mualliflik va kasalliklar bo‘yicha kataloglar tizimi sistematikasi yaratilgan) oʻzgartirishlar kiritgan hamda uzoq vaqt va samarali ish olib borgan.
1989-1991-yillarda B.M.Soliyeva kutubxona uchun masʼul xodim va boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan.
1992-1994-yillarda D.Sh.Ibadullayeva kutubxona uchun javobgar va ayni paytda boʻlim boshligʻi lavozimiga samarali ish olib borgan.
1991-yildan hozirgi kungacha L.N.Xolodnaya kutubxonachi lavozimida samarali ishlab kelmoqda.
1995-2003-yillarda Z.F.Xalikova kutubxona mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.
2004-2025-yillarda U.S.Usmonov kutubxona uchun masʼul xodim va boʻlim boshligʻi lavozimiga samarali faoliyat olib borgan.
2021-yildan VITI kutubxonasi alohida bo‘linma sifatida qayta tashkil etilgan.
Kutubxona fondi 96699 birlikni tashkil qiladi, shundan 33252 tasi kitoblar va 73037 tasi turli jurnallardan iborat. Hozirgi paytda kutubxona har yili ko‘plab respublika, viloyat va tuman gazetalariga, boyib bormoqda ular institut olimlari, ilmiy xodimlar hamda doktorantlar tomonidan zo‘r qiziqish bilan mutolaa qilib boriladi. Xususan Respublika nashrlaridan “Veterinariya meditsinasi”, “O‘zbekiston Respublikasi FA Ma’ruzalari” , “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi”, O‘zbekiston biologiya jurnali” va boshqalarni alohida qayd qilish lozim.
2026-yildan kutubxona mudiri lavozimida Karimova Dilshoda Musulmonovna faoliyat olib bormoqda.
D.M.Karimovaning dastlabki ish kunlaridan boshlab instituti direktori X.T.Yuldoshevning amaliy yordamlari bilan kutubxona faoliyati yangicha bosqichda rivojlandi, xususan kutubxona uchun internet tarmogʻi ulandi, kutubxona mudir va kutubxona oʻquv xonasi uchun yangi jihozlar olib kelindi, zamonaviy jihozlar, videokamera bilan bilan jihozlandi.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasi nomi bilan ijtimoiy tarmoqlarda maxsus guruh va kanal ochildi, uning ish faoliyati boshlanib klassik adabiyotlar va ilmiy nashrlarning elektron nusxalari doimiy chop etilishi yo’lga qo’yildi.
Yuqoridagilardan tashqari mudir tashabbusi bilan kutubxona fondi doimiy yangi badiiy va ilmiy kitoblar bilan boyitilib borilmoqda.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida kutubxona faoliyati katta ahamiyatga ega boʻlib, quyidagi vazifalarni oʻz zimmasiga oladi:
- institutdagi barcha xodimlar uchun kerak boʻlgan gazeta, jurnallar uchun yillik obuna masalalarini toʻgʻri tartibda solish;
- kutubxonaga tashrif buyurgan xodimlar uchun kerak boʻlgan adabiyotlarni topib berish va ularni bilim olishlari uchun sharoit yaratish;
- axborot resurs markazini tashkil etish va undan oqilona foydalanishni samarali yoʻlga qoʻyish;
- institutdagi barcha ilmiy xodimlarning ishdan tashqari vaqtda kelib kitob mutolaa qilinishini taminlash;
kutubxona sohasida davlat – xususiy sheriklikni, xususiy va elektron (virtual) kutubxonalar tarmogʻini rivojlantirish; - kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan, internet -resurslari bilan hamkorlikni kengaytirish;
axborot – kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va madaniyatga qiziqishini shakllantirish, mutolaa madaniyatini oshirish va targʻib qilish; - kutubxonaga tashrif buyurgan xodimlarni roʻyxatga olish, ular oʻqishi uchun olgan kitoblarini nazoratini kutubxona xodimlari tomonidan yozib borilishini taʼminlash;
- kutubxona fondida saqlanayotgan kitoblarni tezkor skanerlash xizmati;
- pochta xizmati orqali keladigan gazeta, jurnal, dissertatsiya va avtoreferatlarni roʻyxatga olib, tarqatilishini taʼminlashdan iborat.

Ilmiy kutubxona mudiri
Karimova Dilshoda Musilmonovna

Ilmiy kutubxona xodimi
Xalodnaya Ludmila Naimovna

Ilmiy kutubxona sobiq mudiri, Nurmatov Rustam Shomurodovich

Ilmiy kutubxona sobiq mudiri, Usmonov Utkir Subxonovich
Institut ilmiy kutubxonasining avvalgi ko’rinishi



Institut ilmiy kutubxonasining xozirgi ko’rinishi







