O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o‘zining 100 yillik tarixiga ega tashkilot hisoblanadi, xususan Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida ham ushbu tashkilotning o‘z o‘rni va bir talay muhim vazifalari mavjud.
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Kasaba uyushma qo‘mitasining ham o‘z tarixi mavjud, ammo ushbu mustaqil tashkilotning tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘lig‘icha bizga yetib kelmagan, biz ushbu ma’lumotlarni bilganimiz va topganimizcha keltirishga harakat qildik.
Institutning Kasaba uyushma qo‘mitasiga ko‘plab yetuk olimlar va zabardast mutaxassislar rahbarlik qilishgan va jamoaning ishonchini oqlagan hamda xodimlarni qiyin vaziyatlardan chiqarishda amaliy yordam berishgan.
VITI Kasaba uyushma qo’mitasi raislari:

1978-yilda Salimov Xait Salimovich

1978-1998-yillarda Tursunov Mehmon Tursunovich

1998-2008-yillarda Kuldashev Otamurod Urazovich

2008-2019-yillarda Do’skulov Voxidjon Muxitdinovich

2019-2021-yillarda Ochilov Jamshid Nasirdinovich

2022-yilda Djurayev Olimjon Ahrorovich

2022-2025-yillarda Salimov Ilxom Xaitovich
2025-yilning 9-aprelidan boshlab VITI Kasaba uyushma qo‘mitasiga Xushnazarov Alisher Xudoyberdi o‘g‘li raislik qilib kelmoqda.

Kengashning asosiy maqsadi:
Uyushmaga a’zo xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishdagi sa’yi-harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish, amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy kafolatlarini ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu maqsadlar yo‘lida Kengashning asosiy vazifalari:
– О‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining strategiya va taktikasini ishlab chiqishda qatnashish, kasaba uyushmalarining hududiy bо‘linmalari faoliyatining samaradorligini oshirishga kо‘maklashish;
– uch tomonlama ijtimoiy muloqot va mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishga va rivojlantirishga kо‘maklashadi;
– xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taaluqli bо‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
– mehnatga ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga va mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
– ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida xodimlarning munosib turmushi va ijtimoiy himoyasini ta’minlaydigan sharoitlar yaratish, gumanitar muammolarni hal etish, aholining zaif qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini himoya qilishga yо‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
– kasaba uyushma a’zolari, shuningdek, ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etadi;
– madaniyat, turizm, ommaviy jismoniy tarbiya va sport musobaqalarini tashkil etish, sanatoriy va kurortlarda davolash, bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirishni rivojlantirish masalalarida davlat hokimyati va boshqaruvi organlari, ish beruvchilar va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.






























