Telefon: +998 66 666-56-30

OZUQA MUHITLARI VOSITALARINI TAYYORLASH BO’YICHA LABORATORIYA

OZUQA MUHITLARI TAYYORLASH LABORATORIYASI

Ozuqa muhitlari tayyorlash laboratoriyasining asosiy vazifasi — turli xil bakteriyalar, zamburug’lar va boshqa mikroorganizmlarni o’stirish uchun, patogen mikroorganizmlarni aniqlash, o‘rganish va ularga qarshi samarali tashxis va davolash usullarini ishlab chiqish maqsadida turli ozuqa muhitlarini tayyorlash hamda veterinariya sohasida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun kerakli ozuqa muhitlari bilan ta’minlashdan iborat.

Ozuqa muhitlari laboratoriyasi 1924 yil tashkil etilgan bo‘lib bakteriologiya laboratoriyasining ozuqa muhitlari tayyorlash jshxonasi deb yuritilgan. Ushbu laboratoriyaning ish faoliyati yuqumli kasalliklarni aniqlash maqsadida institutga sun’iy ozuqa muhitlari tayyorlash bilan boshlangan.

1933 yildan mustaqil ravishda alohida ozuqa muhitlarini tayyorlash laboratoriyasi deb nomlangan va laboratoriyani K.S.Tretyakova boshqargan. Ushbu laboratoriyaga 1938 yil R.F.Altergot mudirlik qilgan. 1949-1951 yillarda N.V.Sofronov, 1952-1953 yillarda F.D.Lukashenko, 1954-1955 yillarda A.K.Sitdiqov, shundan so‘ng 1960 yilgacha M.M.Sataev va F.S.Sarimsaqovlar mudirlik qilgan.

F.S.Pulotov, v.f.f.d., katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri

1960-1963 yillarda V.S.Kildisheva, 1963-1964 yillarda M.Abdullaeva, 1964 yildan 1981 yillargacha L.V.Isamova rahbarlik qilgan. 1980 – 1999 yilgacha Xodjaeva R.A., 1999-2014 yilgacha Nezamiddinova F.A., 2014 yildan hozirgi davrgacha F.S.Pulotov ozuqa muhitlari laboratoriyasini boshqarib kelmoqda.

Laboratoriya ish faoliyati davomida nafaqat ozuqa muhiti tayyorlash balki institutda yaratilgan 10 dan ziyod preparatlar va vaksinalar uchun ozuqa muhitlari tayyorlab bergan. Shuningdek 30 dan ziyod turdagi mikroblarni aniqlash uchun turli xil ozuqa muhitlari tayyorlangan.  Laboratoriyaning ish faoliyati juda katta bo’lgan, chunki institutda vaksina va biopreparatlar ishlab chiqarish kengaytirilgan va yil davomida laboratoriya 4 tonnadan ziyod vaksina ishlab chiqarish uchun ozuqa muhitlari yetkazib bergan.

F.A. Nezamiddinova, v.f.n., laboratoriya mudiri,1999-2014 yy

Hozirgi kunda ham ushbu laboratoriyada ishlab chiqarilayotgan turli xil, ya’ni Go’sht pepton bulyon, Go’sht pepton agar, Go’sht pepton jugarli-glyukoza va glitsirinli bulyon, Go’sht pepton jugarli-glyukoza va glitsirinli agar, Kitt -Tarotssi va doshqa turdagi sun’iy ozuqa muhitlariga laboratoriyalar tomonidan talab kuchli va yetarlicha miqdorda ishlab chiqarilmoqda. Institutda ishlab chiqarilayotgan har qanaqa biopraparatlar, ya’ni 10 dan ortiq vaksinalarni, 5 ga yaqin qon zardodlarini, 5 ga yaqin antigenlarini ishlab chiqaish uchun, bundan tashqari patologik namunalarni ekish, shtammlarni ekish va yangilab turish uchun, dorivor moddalar, antibiotiklar yoki boshqa kimyoviy moddalarning ta’sirini o‘rganish uchun ham ushbu laboratoriya mahsulotlaridan foydalaniladi.

Ozuqa muhitlarini tayyorlash laboratoriyasining kelgusida

rejalashtirilgan vazifalari:

  1. Turli xil mikroorganizmlar uchun mos keladigan ozuqa muhitlarini tayyorlash (misol: agarli muhitlar, suyuq muhitlar va boshqalar).
  2. Bakteriyalar, viruslar va zamburug‘lar kabi hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi agentlarni yetishtirish uchun maxsus ozuqa muhitlarini tayyorlash.
  3. Ilmiy-tadqiqot ishlari, infeksion kasalliklarni tashxis qilish uchun mikrobiologik tahlillarda ishlatiladigan muhitlarni tayyorlash.
  4.  Turli xil hujayra kulturalarini (o‘simlik, hayvonot yoki bakteriya hujayralari) laboratoriya sharoitida yetishtirish uchun kerakli muhit tayyorlash.
  5. Vaksina va boshqa veterinar preparatlar tayyorlashda shtammlarni ko‘paytirish uchun kerakli muhitlar yaratishdan iborat.

LABORATORIYA XODIMLARINING ISH JARAYONLARI: