Telefon: +998 66 666-56-30

QASHQADARYO ILMIY-AMALIY TAJRIBA STANSIYASI

          Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti (VITI) Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi direkori, v.f.f.d Murodov X.U.

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo  filiali Qarshi shahrida joylashgan.

          O’zbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot institutining Qashqadaryo  filiali O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining 2008 yil 26 iyuldagi X-169/7- sonli buyrugiga asosan O’zVITI ning Qashqadaryo  filiali tashkil etilgan va direktor etib veterinariya fanlari nomzodi  B.N. Ahmedov tayinlangan.

           Filialda 1 ta veterinariya fanlari bo’yicha falsafa doktori, 1 ta fan nomzodi,  1 ta laborant  iborat jamoa faoliyat yuritadi. Filial “Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi ilmiy tadqiqot instituti” binosida joylashgan.

Filialning asosiy vazifalari:

          1. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining o’ziga xos quruq  va issiq iqlimli sharoitidan kelib chiqqan holda xo’jalik va uy hayvonlari orasida keng tarqalgan yuqymli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarning epizootologiyasi, ularning tarqalishini aniqlash.

          2.  Hayvonlar  orasida keng tarqalgan yuqymli, yuqumsiz va parazitar kasalliklarni diagnostika qilish, davolash va oldini olish borasida yangi yuqori samarali usullar yaratish, mavjud vositalarni takomillashtirish.

          3. Sifatli chorva mahsulotlari etishtirish uchun sog’lom poda yaratish, insoniyatni hayvonlar va odamlar uchun uchun umumiy bo’lgan kasalliklardan muhofaza qilish.

          4. Yakunlangan ilmiy echimlarni izchillik bilan amaliyotga keng tadbiq etish.

          Mazkur filialda ayni davrda Respublikaning janubiy hududi hisoblangan Qashqadaryo viloyatining chorvachilik xo’jaliklarida tekshirilgan 6 ta xo’jalikdan 3 tasida turli yuqymli kasalliklardan (pasterellyoz, kolibakteryoz va streptokokkoz) nosog’lom ekanligi aniqlandi.

         Tadqiqotlar natijasida pasterellyoz, kolibakteryoz va streptokokkoz kasallik qo’ztatuvchisi asosan suyak iligi, limfa tugunlari va o’pka to’qimalaridan ajratib olindi va ularning biologik xususiyatlari o’rganildi.

         O’zVITI radiobiologiya laboratoriyasida tayorlangan buzoq, qo’zi va cho’chqa bolalarining kolibakteryoz, salmonellyoz va  pasterellyoz kasalliklarga qarshi polivalent radiovaksinaning 6 oylik iqtisodiy samaradorligi  va immun faolligi tekshirilganda 1:3200 antitelalar titrni tashkil etib, ijobiy samara berishi aniqlandi.

          Filial xodimlari 2010-2011 yillar davomida fermerlar bilan hamkorlikda ish olib borib, qorako’lchilik-naslchilik xo’jaliklari, qoramolchilik va parrandachilik bilan hamkorlik asosida shartnomalar tuzib chorva hayvonlarining va  parrandalarning oldini olish va  davolash bo’yicha ilmiy amaliy tavsiyalar berib kelmoqdalar.

          Yuqorida qayd etilganlardan tashqari, respublikamiz miqyosida chop etiladigan “Fermer” va “O’zbekiston qishloq xo’jaligi” jurnallariga chorva mollarni va  parrandalarni saqlash, boqish va kasalliklardan himoya qilish bo’yicha chop etilgan.

          Filialda 2011 yil 16 mart kuni O’zVITI ning olimlari ishtirokida viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyattidagi veterinariya sohasi bo’yicha mutaxassislari,  chorva fermerlari bilan birgalikda kengaytirilgan ilmiy-amaliy semenar bo’lib o’tdi. 

2012 yilda QXA-9-097 «Parrandalarning yuqumli, yuqumsiz va invazion kasalliklariga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish» loyihasi.

2014 yilda KXI-5-030-2014 “Parrandalarni kolibakterioz kasalligiga qarshi mahalliy shtammlar asosida yaratilgan GOA formol vaksinani joriy etish” loyihasi.

2016 yilda QXI-5-094-2016 “Parrandalarning pulloroz kasalligiga qarshi mahalliy shtammlar asosida yaratilgan pulloroz antigenini joriy etish” loyihalari doirasida faoliyat kursatgan.

2022 yildan buyon O‘zbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filialiga, VITI Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi deb o’zgartirildi direktor lavozimida v.f.n., katta ilmiy xodim B.N.Axmedov tayinlandi.

2024 yil 1-maydan etiboran  VITI Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasiga v.f.f.d Murodov Xurshid Uktamovich raxbar etib tayinlandi hamda (2022-2026 yy): “Parrandalarning yuqumli pulloroz, kolibakterioz va laringotraxeit hamda Marek kasalliklariga tashxis qo‘yish va oldini olishning samarali ilmiy yechimlarini yaratish” dasturiga belgilab berilgan (2025y): “Marek kasalligiga tashxis quyish, oldini olish va unga qarshi kurashishning samarali ilmiy yechimlarni ishlab chiqish” mavzusi asosida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Shu yillar davomida stansiya olimlari Respublika va OTMda tashkil qilingan ilmiy anjumanlar va seminarlarda faol qatnashgan, ilmiy izlanishlar davomida  tomonidan 150 dan ortiq ilmiy ishlar, 3 ta Foydali modelga patent, 4 ta uslubiy qo‘llanmalar, 2 ta tizim, 2 ta tavsiyanoma  chop etilgan va joriy qilingan.