Telefon: +998 66 666-56-30

VETERINARIYA DORI VOSITALARI SIFATINI O’RGANISH BO’YICHA LABORATORIYA

Veterinariya ilmiy – tadqiqot institutining Biovositalarning sifatini nazorat qilish laboratoriyasi 1996 yilda tashkil etilgan. Laboratoriyaga institutda ishlab chiqarilgan va taqdim etilgan biologik vositalarning sifatini nazorat qilish, yangi ishlab chiqarilayotgan biovositalarning sifati va faolligi, belgilangan maqsadlarga muvofiqligi bo‘yicha xulosalar berish kabi vazifalarni bajarish belgilangan.

1996-2024 yillarda laboratoriyada ko‘plab olimlar, shu jumladan, O.S.Kubaev, I.Ashurov, F.S.Pulatov, S.H.Abdalimov, I.Yu.Sultanovalar rahbarlik qilib veterinariya sohasini rivojlantirishga, chorvachilikni sifatli veterinariya biovositalari bilan ta’minlashga o‘z hissalarini qo‘shishgan.

Laboratoriya o‘z faoliyati davomida VITI da ishlab chiqilgan ko‘plab biovositalarni (vaksinalar, diagnostikumlar va h.k.) tayyorlashda va ularni ishlab chiqarishga joriy etishda faol qatnashgan. Hayvonlarning brusellyoz kasalligini diagnostika qiluvchi antigenlar, tuberkulin antigeni, hayvonlarning quturish, brusellyoz, qorason, kolibakterioz, salmonellyoz, pasterellyoz kabi kasalliklariga qarshi vaksinalar, antigelmint vositalar, kemiruvchilarga qarshi monoftorin preparatlari shular jumlasidandir.

Hozirgi vaqtda Biovositalarning sifatini nazorat qilish laboratoriyasiga S.S.Tursunov rahbarlik qilmoqda. Laboratoriya VITI va hamkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan biovositalarning, shu jumladan, immunofermentli tahlil (ELISA) diagnostikumlarining sifatini nazorat qilish bilan birgalikda ularning me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ham faol qatnashmoqda.