Telefon: +998 66 666-56-30

YURIDIK BO’LIM

Veterinariya ilmiy-taqiqot instituti Bosh yuriskonsulti Uktam Abdurafikovich Kamilov 1985-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent Davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat huquqi sohasida tajribaga ega.

Veterinariya ilmiy-taqiqot instituti Bosh yuriskonsulti lavozimida 2025-yil 9-dekabrdan buyon faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”  PQ-2733-son Qaroriga asosan bosh yuriskonsultning faoliyat yoʻnalishlariga quyidagilar kiradi:

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining huquqni qoʻllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutitomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) buyruqlar va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;      

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiqlashtirish;

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutixodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish;

Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.    

Oʻz faoliyati yuzasidan Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari umumiy yigʻilishida axborot taqdim etish.

Bundan tashqari bosh yuriskonsultning lavozim yoʻriqnomasiga asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:

VITIning taʻsis hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi; yuridik shaxslarning roʻyxatga olinishini, taʻsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilishini taʻminlaydi; 

VITIni faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qonunlar, meʻyoriy hujjatlar, meʻyoriy-huquqiy hujjatlar bilan taʻminlash, meʻyoriy-huquqiy hujjatlar bazasini hisobga olish va yuritish ishlarini taʻminlaydi;

Meʻyoriy-huquqiy hujjatlarning saqlanishini taʻminlaydi va ularni nazorat holatida saqlaydi, rahbariyatga tegishli tartibda takliflar kiritadi;

VITI rahbariga imzo uchun taqdim etiladigan buyruqlar, qarorlar loyihalari va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarni ularning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtayi nazaridan tekshiradi, eʻtiroz va takliflari boʻlmasa, ularga oʻz imzo-vizasini qoʻyadi. Eʻtirozi boʻlsa yozma ravishda koʻrsatadi. 

Boshqa boʻlinmalar bilan birga VITIning shartnomalarini tayyorlash va tuzish  ishlarida ishtirok etadi, ularning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va shartnomalar loyihalariga, agar eʻtiroz va takliflari boʻlmasa, boshqa tegishli tarkibiy boʻlinmalar xodimlaridan keyin imzo vizasini qoʻyadi;

Qonunchilikda belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ortiq summaga tuziladigan shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi haqida yozma xulosalar tuzadi va ularni imzolaydi;

Alohida shartnomalar turlarining notarial tasdiqlanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʻminlaydi;

VITIning boshqa tarkibiy boʻlinmalari (xodimlari) bilan birga, mehnatga oid munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi va h.k.) ishlab chiqishda ishtirok etadi, bu hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi, ularni vizalaydi va zarur hollarda huquqiy xulosasini beradi;

VITI va uning tarkibiy boʻlinmalarida huquqbuzarliklarni bartaraf etish va oldini olish boʻyicha takliflar kiritadi;

VITI va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish haqida takliflar kiritadi va ushbu tadbirlarni oʻtkazadi;

VITI xodimlariga ularning murojaatlari asosida VITI  faoliyatiga oid huquqiy hujjatlar boʻyicha yordam koʻrsatadi, tushuntirish beradi;

Boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birga VITI mol-mulkning oʻgʻirlanishi, kamomad hamda noishlab chiqarish xarajatlarining yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi, rahbariyat bilan kelishilgan holda huquq tartibot organlariga yoʻllash uchun mol-mulk oʻgʻirlangani va kamomadi boʻyicha materiallarni rasmiylashtiradi va bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qiladi;

VITI davo ishlarini yuritadi:

Kontragentlardan kelib tushayotgan eʻtirozlarning hisobga olinishini va koʻrib chiqilishini taʻminlaydi;

 Kelib tushgan eʻtirozlarga javoblar tayyorlaydi;

Kontragentlarga eʻtirozlarni tayyorlaydi;

Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha daʻvo ishlarini olib boradi:

Shartnomaga oid nizolarni sudgacha tartibda hal etish choralarini koʻradi;

Ishni sudda hal etish uchun daʻvo arizalarini, shikoyatlarni, iltimosnomalarni va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi;

Daʻvo ishlari boʻyicha maʻlumotlar bankining yuritilishini taʻminlaydi;

Sudlarda hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarda tegishli tartibdagi vakolotiga asosan  VITI manfaatlarini koʻzlab harakat qiladi;

Boshqa tarkibiy boʻlinmalar bilan birga  VITI faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar, ruxsatnomalar olish uchun buyurtmalar, arizalar va boshqa hujjatlarni tayyorlaydi;

Xodimlar bilan mexnat shartnomasining bekor qilinishi, xodimlarning boshqa ishga oʻtkazilishi, ularga intizomiy jazolarni qoʻllanilishini qonunga mosligini tekshiradi;

VITIda davlat nazorat-tekshiruv organlari tomonidan oʻtkaziladigan tekshirishlarda  VITI manfaatlarini koʻzlab harakat qiladi;

VITIga gʻayriqonuniy maʻmuriy jazo belgilangani xususida davlat nazorat organlari mansabdor shaxslari harakatlari ustidan shikoyatlarni tayyorlaydi va yoʻllaydi; Ish zarurati yuzasi bilan xizmat safarlariga boradi;