«Veterinariya sanitariya va urchitish patologiya» laboratoriyasi mudiri O.U.Kuldashev, katta laborant N.S.Saloxiddinova hamda «Toksikologiya va terapiya» laboratoriyasi mudiri M.T.Isayev, kichik ilmiy xodim A.I.Axmadovlar xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo’lishdi.
Dastlab Kitob tumani «Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish» boshqarmasida bo‘lib, boshqarma va institutning ikki laboratoriyasi o’rtasida ilmiy amaliy ishlar rejasi tuzib olindi, kelgusi rejalar muhokama qilindi.
Undan tashqari Kitob tumanidagi “Gulgunpusht chorvasi” va “Sora invest” chorvachilik fermer xo‘jaliklarda bo‘lib, xo’jalikdagi ayrim gumonlangan sigirlarni ko’zdan kechirdilar, tekshirish natijasida akusher-ginekologik kasalliklar, yo‘ldosh ushlanib qolishi, mastit va boshqa yuqumli, parazitar hamda yuqumsiz kasalliklarga dastlabki diagnoz qo’yildi, kerakli davolash ishlarini olib bordilar.
Shuningdek qoramollarda oyoq bo‘g‘im kasalliklarning uchrashi, keltirib chiqaruvchi sabablari, ularni davolash ishlari bo’yicha amaliy yordam ko’rsatildi. Chorvachilik fermer xo‘jaliklardagi zoogigiyenik, mikroiqlim parametrlari ko‘zdan kechirilib kerakli tavsiyalarni berdilar.
Qilingan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha dalolatnomalar qilindi va ushbu xo’jaliklar bilan uch tomonlama shartnomalar ham tuzildi.








Fikr bildirish