Davlat tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv seminari doirasida Afrosiyob muzeyiga Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Ma’naviyat va ma’rifiy ishlar hamda davlat tilini joriy qilish ma’sul xodimi Karimova Nazira Umurqulovna 2025 yil «30» aprel kuni davlat tilini o‘rganish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv seminari doirasida Samarqand shahrida joylashgan Afrosiyob muzeyiga tashrif uyushtirildi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning davlat tilida muloqot qilish ko‘nikmalarini oshirish, tarixiy-madaniy merosga nisbatan hurmat tuyg‘usini shakllantirish va til o‘rganish jarayonini amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitishdan iborat bo‘ldi.
Afrosiyob muzeyi — Samarqandning qadimgi tarixi va madaniyatiga oid boy arxeologik topilmalar saqlanadigan maskan hisoblanadi. Ishtirokchilar muzeydagi eksponatlar, xususan, VII asrga oid devor ro‘yhatlari, turli davrlarga mansub keramik buyumlar, tangalar va ko‘chma hujjatlar bilan tanishishdi.
Muzey hodimlari tomonidan davlat tilida berilgan tushuntirishlar ishtirokchilarning tilni eshitish, tushunish va savol-javob orqali o‘z fikrini ifoda etish qobiliyatini rivojlantirdi. Tashrif davomida o‘zaro muhokamalar va kichik guruhlarda mulohazalar tashkil etildi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra, ishtirokchilar davlat tilida amaliy mashg‘ulot o‘tkazganlari, milliy meros haqida bilimlarini oshirganlari va tilga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortib borganini ta’kidlashdi.
Afrosiyob muzeyiga tashrif davlat tilini o‘rganish bo‘yicha o‘quv seminari doirasida samarali amaliy mashg‘ulot sifatida tashkil etildi. Bu kabi tashriflar til o‘rganish jarayonini boyitish, ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha ma’sul N.U.Karimova



Fikr bildirish