Bugun VITIning kichik majlislar zalida Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.08/2025.27.12.V.12.01 raqamli ilmiy kengashning navbatdagi (an’anaviy/onlayn) yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ushbu navbatdagi yig’ilishda Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti mustaqil izlanuvchisi Kiyamova Zuxra Normuratovnaning «Jo‘jalarda pulloroz va streptokokkoz kasalliklarning aralash kechishi va potomorfologik defferinsial diagnostikasi» mavzusidagi 16.00.02 – “Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi” ixtisosligi bo‘yicha veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya taqdimoti tinglandi.
Taqdimot tugagandan so’ng kengash a’zolari tomonidan dissertantga savollar yo’llandi, tadqiqotchi ularga batafsil javob qaytardi.
Undan so’ng dissertantning rasmiy opponentlari N.B.Dilmurodov hamda N.Sh.Hamraqulovlarning batafsil taqrizlari o’qib eshittirildi, ko’rsatilgan kamchiliklarga tadqiqotchi tomonidan javoblar yo’llandi.
Tadqiqotchining ishiga yetakchi tashkilot xulosasi va aftoreferatga kelgan ijobiy xulosalar ilmiy kotib tomonidan o’qib eshittirildi.
Kengash yakunida yashirin berilgan ovozlarga ko’ra Kiyamova Zuxra Normuratovna veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olishga loyiq ekanligi yuzasidan 100% lik ijobiy ovozlar to’plangani aniqlandi hamda OAKga shunday xulosa junatildi.











Fikr bildirish