Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining navbatdagi Ilmiy kengash yigʻilishi bo’lib o’tdi. Ushbu yigʻilishni boshlashdan oldin institut direktori X.T.Yuldoshev barchaga yangi falsafa doktorlarni diplomlari kelganligini e’lon qilib o’tdi.
Oliy attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko’ra institutning kichik ilmiy xodimlari Tursunov Soxib Samariddinovich hamda G’oyibnazarov Qilich Xudoyberdiyevichlar veterinariya fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga loyiq ko’rilgan.
Shu munosabat bilan ikkala ilmiy xodim ham institut direktorining maxsus tashakkurnomasi bilan taqdirlandi va diplomlari tantanali topshirildi.




Fikr bildirish